Xizmat safarini «koʻchma» va «qatnash» tusidagi ishdan qanday farqlash mumkin

preview
E’tibor bering
Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.

«Korxona Toshkentda joylashgan. Qurilish ob’yektlari – respublikaning boshqa hududlarida joylashgan. Shtatdagi xodimlar: ma’muriyat, muhandis-texnik xodimlar, montajchilar va boshqalar qurilish ob’yektlarida uzoq vaqt davomida boʻlishadi. Hujjatlar boʻyicha ular – «xizmat safarida». Xizmat safarlari rahbariyatning buyrugʻiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

743-sonli VMQ 3-son ilovaga muvofiq har kuni yashash joyiga qaytib kelish imkoniyati ta’minlanmagan xodimlarga ishning koʻchma xususiyati uchun ustama belgilanadi. Xodimlarning ishini toʻgʻri tavsifladikmi? Ularning yoʻlkira va yashash xarajatlarini qanday qilib toʻgʻri qoplash kerak?».

Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

–  Darhaqiqat, «xizmat safari», «ishning koʻchma tabiati» va «qatnash tusidagi ish» tushunchalarini aniq ajratish kerak. Bu kafolatlar va kompensatsiyalar darajasiga ham, ularni rasmiylashtirish tartibiga ham ta’sir qiladi.

Yangi MKda mazkur masalalarga maxsus moddalar ajratilgan:

  • MKning 287-m. – xizmat safarlari chogʻidagi kompensatsiya toʻlovlari  toʻgʻrisida;
  • MKning 288-m. – ish sayyor va koʻchib yurish xususiyatiga ega boʻlganda kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻrisida;

Xodimlarni xizmat safarlariga yuborish tartibini quyidagi maxsus qonunlar belgilaydi

1) Oʻzbekiston hududida – 424-son VMQga ilova, 02.08.2022 y.;

2) Oʻzbekiston tashqarisiga – 2730-son Nizom, 19.11.2015 y.

 

Terminologiyaga aniqlik kiritamiz:

1. Xizmat safari – bu xodimning ish beruvchi farmoyishiga binoan doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirigʻini bajarish uchun boshqa joyga ma’lum muddatga qiladigan safaridir .

Masofadan turib ishlovchi xodimning ish beruvchining buyrugʻiga muvofiq ish beruvchi joylashgan yerga qilgan safari, agar xodim yashash joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega boʻlmasa, xizmat safari hisoblanadi .

 

2. Ishning sayyor tabiati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • ishlarni yoʻlda bajarish bilan bogʻliq koʻchib yurishlar chogʻida tashkilot joylashgan hududdan tashqarida joylashgan xizmat koʻrsatiladigan hudud ichida muntazam xizmat safarlari;
  • tashkilot joylashgan joydan ancha masofada joylashgan ob’yektlardagi ish.

Bunda xodimda har kuni yashash joyiga yoki tashkilot joylashgan joyga qaytib kelish imkoni bor .

 

 3. Doimo yoʻlda bajariladigan ish koʻchib yurish xususiyatiga ega ish sanaladi . Unga  xodimlarning tez-tez koʻchib yurishini nazarda tutuvchi (koʻchma quruvchi tashkilotlar xodimlari), yoʻlda bajariladigan ishlar (provodnik, styuardessa va b.) kiritilishi mumkin.

 

Safarlarni rasmiylashtirish va xodimlarning ish haqini toʻlashdagi asosiy farqlar:

Xizmat safari

Sayyor va koʻchib yurish xususiyatiga ega ish

1. Xodimni xizmat safariga yuborish imkoniyatini mehnat shartnomasida belgilash shart emas, bu -mehnatning asosiy sharti emas.

1. Mehnat shartnomasida albatta aks ettiriladi, chunki bu – mehnatning asosiy sharti.

2. Xodimda  ish joyi va egallab turgan lavozimi saqlanib qoladi, bunda unga quyidagilar toʻlanadi:

  •  xizmat safari davomida, shu jumladan – yoʻlda boʻlgan muddatda ishbay xodimlar uchun oʻrtacha ish haqi (lavozim maoshi yoki boshqa toifadagi xodimlar uchun stavka)  saqlanib qoladi ;
  • xizmat safari xarajatlari.

2. Sayyor va koʻchib yurish xususiyatiga ega ish belgilangan xodimlarga safarlar davomida oʻrtacha ish haqi toʻlash talab qilinmaydi. Ular quyidagilarni olishadi: 

  • ish haqi;
  • ishning koʻchma xususiyati uchun doimiy ustama .

3. Xizmat safari buyruq bilan yoki boshqa farmoyish bilan rasmiylashtiriladi

3. Safarlarning har biri uchun buyruq chiqarish talab etilmaydi.  

   Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda xodimlarning respublika hududlarida joylashgan oʻz tashkilotlarining qurilish maydonchalaridagi ishlarini xizmat safari deb hisoblash toʻgʻri. Bundan tashqari, montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislar uchun uzoq muddatli – 12 oygacha xizmat safari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin .

 

 

Oʻzbekistonda xizmat safarlari – xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish, Oʻzbekistonda xizmat safari turlari, xizmat safarini tashkil yetish boʻyicha batafsil ma’lumotlar xizmat safari, xizmat safari, xizmat safari haqida ma’lumot, oʻzbekistonda xizmat safari, oʻzbekistonda xizmat safari Oʻzbekistonda xizmat safarlari. Bu yerda siz Oʻzbekiston boʻylab xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ish safarini qanday tashkil qilish kerak. Ish safari paytida ish uchun toʻlov haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text186824_hizmat_safarini_kuchma_va_qatnash_tusidagi_ishdan_qanday_farqlash_mumkin