Xodim ish beruvchini ishdan boʻshash toʻgʻrisida qaysi muddatda ogohlantirishi kerak

preview
E’tibor bering
Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.

Yangi MK xodimlarning toifasidan kelib chiqqan holda mehnat shartnomasini "oʻz xohishiga koʻra" bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish muddatlarini farqladi.

Yangilikni amalda qanday qoʻllash kerakligini «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:

 

– Umumiy qoidaga koʻra xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddatli mehnat shartnomasini oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga haqli. Buning uchun u bu haqda ish beruvchini oʻn toʻrt kalendar kun oldin ishdan boʻshashning taxmin qilinayotgan sanasigacha yozma shaklda ogohlantiradi .

Ammo xodimlarning ayrim toifalariga nisbatan boshqa ogohlantirish muddatlari belgilangan. Qulay boʻlishi uchun  ularni jadvalda umumlashtirdik:

Xodimlarning toifalari

Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ish beruvchining ogohlantirish muddatlari

Tashkilot rahbari

Ikki oy oldin

Rahbar oʻrinbosari

Bir oy oldin

Bosh buxgalter

Tashkilot alohida boʻlinmasi rahbarlari (filiallar, vakolatxonalar va boshqa boʻlinmalar)

Mavsumiy ishchilar

Uch kalendar kun oldin

Vaqtinchalik xodimlar

Uch kalendar kun oldin

Mikrofirma xodimlari

Yetti kalendar kun oldin

Yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari  

Yetti kalendar kun oldin

Uy ishchilari

Yetti kalendar kun oldin 

Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani pochta joʻnatmasini topshirish haqidagi xabarnoma bilan yuborishga haqli. Masofadan turib ishlovchi xodim elektron hujjatni yuborishi mumkin .

Mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ogohlantirish muddatini hisoblab chiqarish ish beruvchi tomonidan ariza olingan sanadan soʻng keyingi kunda boshlanadi .

Misol
Ogohlantirish muddatini hisoblab chiqarish
Mikrofirma xodimi oʻz tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ariza berdi. Ish beruvchi arizani 1 fevral kuni oldi. Mehnat shartnomasi 8 fevral kuni bekor qilinadi.

Agar ogohlantirishning soʻnggi kuni ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilinadigan kun deb hisoblanadi .

Misol
Mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana
Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi oggohlantirish muddatining tugashi 8 mart – ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelmoqda. Mehnat shartnomasi undan keyin keladigan ish kunida (2023 yil 9 martda) bekor qilinadi.

Xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin. Ammo mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza u oʻz ishini davom ettirishi mumkin emasligi (ta’lim tashkilotiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollarda) bilan bogʻliq boʻlgan hollarda ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilayotgan muddatda bekor qilishi shart .

Ogohlantirish muddati tugaganidan keyin xodim ishni tugatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqning koʻchirma nusxasini, mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani berishi hamda u bilan hisob-kitobni amalga oshirishi shart .

Agar ogohlantirish muddati tugagan, xodim bilan esa mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar davom etayotgan boʻlsa, xodimning arizasi oʻz kuchini yoʻqotadi. Mehnat shartnomasini ushbu arizaga muvofiq bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi . Ammo xodim  qabul qilingan sanadan boshlab yangi ogohlantirish muddati boshlanadigan yangi arizani yozib topshirishi mumkin.

Ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan – ogohlantirish muddati soʻnggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim oʻzi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir.

Misol
Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani chaqirib olish
Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddati 10 yanvar kuni tugaydi. Xodimning ish vaqti – soat 09:00 dan 18: 00 gacha. Xodim 10 yanvar soat 18:00 gacha mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasini chaqirib olishga haqli.

 

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text187010_hodim_ish_beruvchini_ishdan_bushash_tugrisida_qaysi_muddatda_ogohlantirishi_kerak