Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Smena almashuvchi xodim ishga kelmasa, MK normalarini buzmay, boshqa ishchini jalb qilish tartibi
«Korxonada 12 soatlik smenali ish belgilangan. Xodim oʻz smenasini ishlab berdi, oʻrniga keladigan hamkasbi esa sogʻligʻi holatiga koʻra ishga kelmadi. Bunday holatda qanday yoʻl tutish lozim – xodimni ikkinchi smenada ishlab berishga majbur qilish yoki uning oʻrniga boshqasini qoʻyish kerakmi?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Yangi Mehnat kodeksida ish smenasining davomiyligi oʻn ikki soat boʻlganida ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi
. Shuning uchun bu vaziyatda ish beruvchi boshqa xodimni ishga jalb qilishi kerak.
Shuningdek, xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi. Smenalar orasidagi har kungi dam olishning eng kam davomiyligi (bitta smena oxiridan to keyingi smena boshlanishiga qadar) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti bilan birga kamida oʻn ikki soatni tashkil etishi kerak
.
Ish toʻxtab qolmasligining oldini olish maqsadida unga vaqtincha boshqa xodimni oʻtkazish mumkin. Umumiy qoidaga koʻra, ishlab chiqarish zaruriyati munosabati bilan xodimning vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi
.
Shuningdek, ish beruvchi smenalararo dam olishda boʻlgan har qanday xodimni ishga chaqirishi mumkin. Bunda yuqorida sanab oʻtilgan cheklovlarni hisobga olish kerak, xodimni quyidagi holatlarda ishga jalb qilmang, agar:
- bu uning uchun surunkasiga ikkinchi smena boʻlsa;
- u kamida 12 soat dam olishga ulgurmagan boʻlsa.
Ish beruvchi xodimni farmoyishi bilan dam olish kunida ishga chaqirishi uchun tashkilotda buning uchun istisno holatlar roʻyxati belgilanishi kerak.
Umuman tashkilotning yoki uning alohida tarkibiy boʻlinmalarining keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bogʻliq boʻlsa, oʻsha ishlarning roʻyxati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
Agar ish beruvchi yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, bunday roʻyxat xodim bilan mehnat shartnomalarida belgilanadi
.
– Agar smena almashadigan vaqt – tonggi soat 7 da smenachi ishga kelmay qolsa, qanday yoʻl tutish kerak, rahbar hali ishga kelmagan, ishda yoʻq xodimni almashtirish masalasini hal qilish uchun ma’lum vaqt talab qilinadi? Smenada ishlamaydigan xodim ishda yoʻq xodimning oʻrnini almashtirgunlariga qadar ishni davom ettirsa boʻladimi?
– Koʻrib chiqilayotgan masalada gap 12 soatlik ish smenasi haqida ketayotganligi sababli smena almashayotgan xodim ishga kelmaganda ishni davom ettirishni nazarda tutuvchi yangi Mehnat kodeksining 189-modda 6-qismini 3-b. qoʻllab boʻlmaydi.
MK talablarini buzmaslikning oldini olish maqsadida shunga oʻxshash va boshqa fors-major holatlar tashkilotning ichki hujjatlarida yozib qoʻyilishi kerak. Masalan, Korxona qoʻriqlash xizmati ishini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnomada va hokazo. Ushbu ichki hujjatda quyidagilarni nazarda tutishingizni tavsiya qilamiz:
- xodimning smena boshlanishidan oldin ishga kirisha olmasligi toʻgʻrisida bevosita rahbarni xabardor qilish majburiyati;
- oʻzaro almashish tartibi (xodimlarning qaysi biri ish rejimini buzmasdan kimni almashtirishi mumkin);
- boshqa tegishli masalalar.
Valeriya LYaNDRES
«Norma» eksperti