Mehnat muhofazasi boʻyicha qayta attestatsiyadan oʻtkazishda nimani hisobga olish kerak

preview

«Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarni oʻqitish va tekshirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy qoidalar talablariga muvofiq korxona tekshiruv tashkil qildi, ammo undan hamma xodimlar ham  oʻta olmadi. Agar xodim tekshiruv paytida qoniqarsiz bilimlarni koʻrsatgan boʻlsa, u 2 haftadan kechiktirmay qayta attestatsiyadan oʻtkazilishi belgilangan. Biroq xodimlar smena almashib ishlashadi (2 hafta – ish, 2 hafta – dam olish). Biz qanday yoʻl tutishimiz kerak?».

Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

E’tibor bering
Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.

 

– Ish beruvchi xodimlarga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitishni ta’minlashi va ularning  bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishi shart . Ushbu tadbirlarni oʻtkazish tartibi (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yoki smenalararo dam olish davrida)  jamoa shartnomasida nazarda tutilishi kerak.

Odatda, xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlar tekshiruvining qayta oʻtkazilishi birinchisi  bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi.

Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda oʻquvdan oʻtmagan, yoʻl-yoʻriq olmagan va bilimlari tekshiruvdan oʻtmagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart .

Yangi Mehnat kodeksining 152-moddasiga koʻra ishdan chetlashtirish davrida xodimga ish haqi hisoblanmaydi. Ammo, agar xodim aybsiz ravishda mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻquvdan hamda bilim va koʻnikmalari tekshiruvidan oʻtmagan yoki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan boʻlsa, ishdan chetlashtirilgan davr uchun xodimning oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.

Bilimlarning qayta tekshiruviga kelmaslik yoki uzrli sabablarsiz tekshiruvga tayyor boʻlmaslik mehnat intizomining buzilishi hisoblanadi. Bunga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarida  nazarda tutilgan intizomiy choralar qoʻllanilishi mumkin.

 

 

Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik: mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar va jihatlar. mehnatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maqolalar, mehnatni muhofaza qilish amaliyoti, mehnatni muhofaza qilish standartlari, Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik. Kadrovik.uz Oʻzbekistonda amaldagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, normalar va amaliyotlar haqida umumiy ma’lumot beradi. Xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar uchun maqolalar ishchilarning xavfsizligi va sogʻligʻini ta’minlash boʻyicha samarali ishlashga yordam beradi /oz/publish/doc/text187360_mehnat_muhofazasi_buyicha_qayta_attestaciyalashda_nimani_hisobga_olish_kerak