Oʻrindoshlar qonunchilikka muvofiq YaMMTda qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi

preview

Yaqinda nashr etilgan  «Oʻrindoshlar bilan qaysi mehnat shartnomalari YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak» maqolasida YaMMT IDAK  boshqaruv direksiyasi vakili oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomalariga nisbatan YaMMT  tizimida qanday yondashuvlar borligini  tushuntirgan edi.

Amaliyot va qonunchilik bilan qarama-qarshiliklar yuzaga kelmasligi uchun ushbu tizimni qaysi yoʻnalishda takomillashtirish zarurligini ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES izohladi:

 

1. Agar asosiy ish joyi oʻsha tashkilotning oʻzi boʻlsa

(YaMMTda: agar xodim tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlasa va oʻrindoshlik asosida boshqa mutaxassisning ishini bajarsa, my.mehnat.uz saytida mehnat shartnomasi asosiy ish joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi, oʻrindoshlik esa aks ettirilmaydi)

– Oʻrindoshlik – bu xodimning oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishidir . Bunda u asosiy ish joyi boʻyicha tuzilgan shartnoma boʻyicha emas, balki boshqa mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Xodim oʻrindoshlik asosidagi ishni asosiy ish joyi (ichki oʻrindoshlik) boʻyicha amalga oshirishi mumkin. Bunda asosiy ish joyi boʻyicha oʻrindoshlik asosida ishlashga vaqtincha boʻlmagan xodimning ishini bajarishda (ya’ni – vaqtinchalik) yoki boʻsh lavozimdagi (ya’ni – doimiy) ishni bajarishda yoʻl qoʻyiladi .

Shuning uchun, agar ish beruvchi xodim bilan ikkinchi lavozim uchun ikkinchi mehnat shartnomasini tuzsa, ushbu ikkinchi shartnoma ham tizimning asosiy – amaldagi barcha mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish vazifasidan kelib chiqib YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.

Agar ichki oʻrindoshlar koʻrsatilmasa, ish beruvchilarda xodimlarni tashqaridan, shu jumladan –  bandlik xizmati yoʻnalishi boʻyicha ishga qabul qilishni talab qiladigan boʻsh ish oʻrinlari «osilib» qoladi.

Ish beruvchi boʻsh ish oʻrnidan qanday foydalanishni oʻzi hal qilishga haqli.   Hatto iqtisodiy nuqtai nazardan ham yangi mutaxassis toʻliq stavkaga, ichki oʻrindosh – faqat 0,5 stavkadan koʻp boʻlmagan stavkaga qabul qilinadi.

Ba’zi hollarda, uning turli lavozimlarda ishlash tajribasi koʻrinishi uchun ichki oʻrindoshlik elektron mehnat daftarchasida aks ettirilishi muhim. Masalan, xodim asosiy ish joyi boʻyicha maktabda oʻqituvchi, ishdan boʻsh vaqtlarida esa shu yerning oʻzida kutubxonachi boʻlib ishlaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib,  barcha turdagi mehnat shartnomalari – asosiy xodimlar, tashqi va ichki oʻrindoshlar bilan – YaMMT tizimida roʻyxatdan oʻtishi maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Koʻp hollarda amaliyotda "ichki oʻrindoshlik" va "bir necha kasb va lavozimda ishlash" tushunchalari bilan chalkashlik yuz beradi .

Bir necha kasb va lavozimni birlashtirishda ikkinchi mehnat shartnomasi tuzilmaydi, ish asosiy ish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi va bu haqiqatan ham YaMMTga qoʻshimcha ma’lumotlarni kiritishni talab qilmaydi.

 

2. Agar asosiy ish joyi boshqa tashkilot boʻlsa

(YaMMTda: Agar asosiy ish joyi boshqa tashkilot boʻlgan xodim oʻrindoshlik asosidagi ishga jalb qilinsa,  bu holda oʻrindosh xodim bilan mehnat shartnomasi my.mehnat.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.  

Bunda, agar xodim allaqachon boshqa tashkilot bilan oʻrindoshlik boʻyicha amaldagi mehnat shartnomasiga ega boʻlsa, my.mehnat.uz sayti haqiqatdan ham oʻrindosh bilan  shartnomani roʻyxatdan oʻtkazmasligi mumkin).

– Oʻrindoshlik asosida ishlash tartibini Oʻrindoshlik asosida hamda  bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom belgilaydi. Nizomning 7-bandida oʻrindoshlik asosida ishlashda oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emasligi (sogʻliqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno) aniq belgilangan.

Ammo na ushbu nizomda, na yangi, na amaldagi MKda xodim oʻrindoshlik asosida ishlashi mumkin boʻlgan tashkilotlar soni koʻrsatilmagan.

Ish beruvchi eng avvalo xodimlar bilan, shu jumladan – oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va faqat shundan keyingina bu haqdagi ma’lumotlarni YaMMTga kiritadi, aksincha emas.

Masalan, xodim asosiy ish joyi boʻyicha toʻliq stavkaga ega va yana ikkita tashkilotda – har biri 0,25 stavkadan mehnat qiladi. YaMMT oʻrindoshlikni ikkita tashkilotda roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat bermaydi, tizim ma’muriyatiga murojaat qilishga va vaziyatni tushuntirishga toʻgʻri keladi. Bunday cheklash qonunchilikka zid va bekor qilinishi kerak.

 

 

My.mehnat.uz My.mehnat.uz My.mehnat.uz /oz/publish/doc/text187391_urindoshlar_qonunchilikka_muvofiq_yammtda_qanday_ruyhatdan_utkaziladi