Fevral oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Xodimga 10 kunlik mehnat ta’tilini taqdim qilib, qolgan kunlarni esa pullik kompensatsiya bilan yopish mumkinmi?».
Savolga ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Mehnat munosabatlari davrida siz хodimga quyidagi hollarda mehnat ta’tilining foydalanilmagan qismi uchun pullik kompensatsiya toʻlashingiz mumkin:
1) faqat хodimning хohishiga koʻra;
2) faqat mehnat ta’tili davomiyligining eng kam (yigirma bir kalendar kun) kunlari uchun
.
Yangi MKga muvofiq ta’tilni qismlarga boʻlishda ta’tilning bir qismi oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerakligini e’tiborga oling .
Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda:
1) agar хodimning ta’tili atigi 21 kalendar kunni tashkil etsa, uning qandaydir qismini pul bilan kompensatsiya qilish mumkin emas;
2) agar хodimning ta’tili 22 kalendar kun yoki undan koʻproqni tashkil qilsa, faqat 21 kundan ortiq qismi kompensatsiya qilinishi mumkin:
- ta’til – 22 kun, 1 kun kompensatsiya qilinishi mumkin;
- ta’til – 23 kun, 2 kun kompensatsiya qilinishi mumkin va hokazo;
3) 21 kalendar kundan siz albatta 14 kunni ta’tilning bir qismi sifatida berishingiz kerak. Tegishincha, ta’tilning qolgan qismi quyidagilardan tashkil topadi:
- agar ta’til 21 kunni tashkil qilsa – 7 kun;
- agar ta’til – 22 kun boʻlsa – 8 kun;
- agar ta’til – 23 kun boʻlsa – 9 kun;
- va faqat ta’til – 24 kun boʻlsa – 10 kun.