Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Xodim 8 oy-u 14 kun ishlagandan soʻng, keyinchalik ishdan boʻshatish sharti bilan mehnat ta’tilini taqdim qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qildi. Ushbu tartib-taomilni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish kerak? Xodim ta’tilining umumiy davomiyligi – 24 kalendar kun».
Savolga 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK qoidalarini hisobga olgan holda «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Siz keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat ta’tillarini jamoa shartnomasi yoki xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra taqdim qilishingiz mumkin. Buning uchun xodimning yozma arizasi asos boʻlib xizmat qiladi
. Mehnat ta’tilining oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilinadigan kun deb hisoblanadi
.
Xodimga keyinchalik ishdan boʻshatish bilan ta’tilning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini albatta tushuntiring:
1. Xodimdan ishlab berilmagan ta’til kunlari uchun toʻlovlar ushlab qolinadi
Tashkilotda ishlagan birinchi olti oy oʻtganidan keyin har bir xodim ta’tildan toʻliq davomiylikda va toʻliq toʻlov bilan foydalanishga haqli
.
Ammo agar u ish yili tugaguniga qadar ishdan boʻshasa, buxgalteriya undan ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun toʻlovlarni ushlab qoladi
.
Ortiqcha buxgalteriya hisob-kitoblarining oldini olish uchun bunday vaziyatda ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tilini rasmiylashtirishni va taqdim qilishni tavsiya qilamiz
.
Har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat ta’tilining toʻliq miqdorini oʻn ikkiga boʻlish hamda toʻliq ishlangan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Bunda oʻn besh kalendar kunga teng va undan koʻp boʻlgan ortiqcha kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, oʻn besh kalendar kundan kami esa hisobga olinmaydi.
Hisob-kitobda olingan 0,5 ga teng va undan koʻp oʻnliklar – bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa – hisobdan chiqarib tashlanadi
.
Eski MKda bunday yaxlitlash qoʻllanilmagan.
Koʻrib chiqilayotgan holatda xodimga toʻliq 8 oy uchun 16 kalendar kun hisobidan keyinchalik mehnat munosabatlarini tugatish bilan ta’til berilishi kerak. Ortiqcha 14 kalendar kun chegirib tashlanadi (24 : 12 x 8 = 16).
2. Xodim ta’til davrida arizani chaqirib ololmaydi
Xodim oʻzining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasini faqat ariza yozilgan sanadan mehnat ta’tili boshlanadigan kunga qadar chaqirib olish huquqiga ega. Ta’til boshlangandan soʻng arizani chaqirib olish mumkin emas
.
3. Xodim ta’tilda boʻlib turganida, lavozim band boʻlib qoladi
Bu ish beruvchi uchun foydasiz, u xodim ta’tilda boʻlganida boʻsh turgan lavozimga yangi xodimni qabul qila olmaydi. U faqat ishdan boʻshayotgan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi kuni boʻsh boʻladi.
4. Ta’tilda boʻlish vaqti xodimning ish stajiga kiritiladi, ammo u ta’tilda boʻla turib yangi joyga ishga joylasha olmaydi
Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuv faqat ta’til tugaganidan keyin paydo boʻladi. Shuning uchun xodim ta’til tugamaguniga qadar boshqa ishga chiqa olmaydi
.
5. Agar xodim ta’tildan foydalanmasdan ishdan boʻshashga qaror qilsa, u ishlab berilgan, ammo foydalanilmagan ta’til kunlari, 16 kalendar kun uchun pullik kompensatsiya oladi.
U:
- dam olishi, kompensatsiyani esa «ta’til puli» deb hisoblashi
yoki
- agar zarur boʻlsa, darhol boshqa ishga joylashishi mumkin.
Keyinchalik ishdan boʻshash sharti bilan ta’tilni qanday rasmiylashtirish kerak
1. Xodimdan unga toʻliq davomiylikdagi mehnat ta’tilini taqdim qilish toʻgʻrisidagi arizani qabul qiling yoki ariza yozilgan sana va ta’til boshlanish sanasini koʻrsatgan holda ta’til boshlanish kuniga ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tili taqdim qiling.
2. Qabul qilingan qarorga qarab buyruq rasmiylashtiring:
a) agar ta’til ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda taqdim qilinsa, ta’til vaqti xodimning ish stajiga kiritilishini hisobga oling. Shuning uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda koʻrib chiqilayotgan vaziyatda xodimda ish staji 8 oy va 14 kunni emas, balki 9 oyni tashkil qiladi. Shuning uchun unga qoʻshimcha 2 kalendar kun uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi kerak;
b) agar ta’til toʻliq davomiylikda (24 kalendar kun) taqdim qilinsa, tegishincha staj xuddi shu vaqtga oshiriladi va mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga kelib 9 oy va 8 kunni tashkil qiladi. Bunday holatda foydalanilgan, ammo ishlab berilmagan 6 kalendar kun uchun toʻlovlarni ushlab qolish kerak boʻladi
(24 (ishlatilgan) – 18 (ishlab berilgan) = 6).
Harakatning 2 varianti mavjud:
1-variant: dastlab ta’til berish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirish. Keyin, uning boshlanish kunida (chunki endi arizani chaqirib olishning iloji yoʻq
) – «ta’tilning oxirgi kuni» bekor qilingan sana bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirish
va hamma zarur hisob-kitoblar bilan;
2-variant: keyinchalik ishdan boʻshatish bilan ta’tilga hammasini bitta buyruq bilan rasmiylashtirish mumkin. Buxgalteriya boʻlimiga buyruq asosida ta’til pulini oʻz vaqtida hisoblash va toʻlash imkonini berib, buni eng kamida ta’tilga chiqish arafasida amalga oshirish kerak
.
Bunday buyruqni oldindan rasmiylashtirishni tavsiya qilmaymiz, chunki xodim oʻz arizasini chaqirib olishi mumkin
. Ammo bu yerda ham mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini «ta’tilning oxirgi kuni» deb koʻrsatish kerak
.
Xodimga tegishli boʻlgan barcha summalarni (ta’til pulidan tashqari) mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda toʻlab bering
.
Xodimning mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasi ta’til tugagan kunda bekor qilingani toʻgʻrisida yozuv kiriting. Yozuv uchun mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq (yuqoridagi 1-variantga qarang) yoki yagona buyruq (yuqoridagi 2-variantga qarang) asos boʻladi.