Brigadir oʻzining brigada a’zolari uchun ish beruvchi boʻlishi mumkinmi

preview

«MChJ qurilish bilan shugʻullanadi, ishchilar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha yollanadi. Har bir xodim bilan emas, balki 30-50 kishilik brigadaga ega boʻlgan brigadir bilan tuziladigan va ish uchun har bir montajchi, payvandchi, elektrik  va boshqalarga emas, balki brigadirga toʻlanadigan shartnoma turi mavjudmi?». 

Vaziyatni «Norma» eksperti, yurist Nurali Nurmuhamedov izohladi:

 

– Ushbu turdagi shartnoma qonunchilikda nazarda tutilmagan va bir necha sabablarga koʻra mumkin emas:

1. Mehnat qonunchiligi nuqtai nazaridan: qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda korxonalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek oʻn sakkiz yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar ish beruvchilar boʻlishi mumkin . Qonunchilikda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan) tomonidan yollash holatlari koʻzda tutilgan, qachonki bu shaxs:

– 3 nafargacha xodimni ishga yollash huquqiga ega boʻlgan oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullansa ;

– xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius boʻlsa . Shunday qilib, koʻrsatilgan vaziyatda brigadir ish beruvchi boʻla olmaydi.

2. Soliq qonunchiligi nuqtai nazaridan: ish haqi, shu jumladan xodimlarning fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan   shartnomalari boʻyicha  oladigan daromadlari ish haqi koʻrinishidagi daromadlar sanaladi .

Ular soliq agentida soliqqa tortiladigan daromadlarga tegishli . Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslarning vakolatxonalari – Oʻzbekiston Respublikasida norezidentlar, mol-mulkni sotib oluvchi jismoniy shaxslar (norezidentlar), shuningdek soliq toʻlovchining mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi ishonchli boshqaruvchi . Brigadir – jismoniy shaxs bu tushunchalarning hech biriga mos kelmaydi va tegishincha soliq agenti sifatida harakat qila olmaydi.

3. Bularning barchasidan tashqari ishlab chiqarishda ishchilar bilan baxtsiz hodisalar yuz berganda javobgarlik masalasi qolmoqda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishning amaldagi tartibi mehnat shartnomalari boʻyicha ishlovchi xodimlarga ham, ishlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha bajaradigan shaxslarga ham tatbiq qilinadi .

Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni toʻgʻri va oʻz vaqtida tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomalarni tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgardir. Agar brigadir yuqorida aytib oʻtilganidek ish beruvchi boʻla olmasa, brigada a’zolari bilan baxtsiz hodisalar yuz berganda kim javobgar boʻlishi kerak, degan savol qoladi. Bunday vaziyatlarda amaliyotda davlat mehnat inspeksiyasi javobgarlikni qurilish ishlarini olib boruvchi korxonalarning mansabdor shaxslariga yuklaydi.

 

 

Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text187772_brigadir_uzining_brigada_azolari_uchun_ish_beruvchi_bulishi_mumkinmi