Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Davlat idorasi xodimlarning iltimosiga koʻra ba’zi xodimlar 5 kunlik ish haftasiga oʻtishi, qolganlar esa 6 kunlik ish haftasida qolishi uchun ichki buyruq bilan ish jadvalini oʻzgartirishi mumkinmi?».
Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Ha, mumkin, bu qonunchilik bilan taqiqlanmagan.
Xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartlarini, shu jumladan mehnat shartnomasida nazarda tutilgan shartlarni oʻzgartirish mumkin. Byudjet tashkilotlarida ushbu masalani yuqori turuvchi tashkilot yoki davlat muassasasi tizimiga kiruvchi idora bilan kelishish kerak-kerakmasligini aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, agar mehnat shartlari oʻzgartirilishi ish vaqti normasi va xodimlarning mehnatiga haq toʻlash miqdoriga ta’sir qilsa
.
Mehnat shartlarini oʻzgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan boʻlsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi
. Ish rejimini korxonaning ichki hujjatlarida (IMTQ, jamoa shartnomasi) oʻzgartirish kerak boʻladi. Shuningdek, agar mehnat shartnomasida boshqa ish rejimi koʻrsatilgan boʻlsa, har bir xodim bilan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzish kerak.
Ish rejimini oʻzgartirish jarayoni ancha vaqt talab qilishi sababli, avval ushbu masalani diqqat bilan oʻrganib, iqtisodiy nafni hisoblab chiqing.
Rejim oʻzgarishi boshqa rejimda ishlaydigan tashkilotning tarkibiy boʻlinmalari, boshqa tashkilotlar, hamkorlar, buyurtmachilar va boshqalar bilan oʻzaro munosabatlarga ta’sir qilmaydimi?
Ish beruvchi xodimlarning iltimosini rad qilishi mumkinmi
Ish beruvchi xodimlarning ish vaqti rejimini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosini rad etishga haqli. Bunda, agar ish beruvchi xodimlarning mehnat shartlarini oʻzgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirishni rad etsa, u ularga rad etishning sababi toʻgʻrisida yozma shaklda xabar qilishi kerak
.
Xodimlar kasaba uyushmasi qoʻmitasiga (xodimlarning vakillik organiga) muammoni hal qilishda yordam soʻrab murojaat qilish huquqiga ega. Oʻz navbatida, kasaba uyushmasi qoʻmitasi ushbu masalani hal qilish taklifi bilan ish beruvchiga murojaat qilishga haqli. Ish beruvchi uni oʻz vaqtida koʻrib chiqishi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Bundan tashqari, ish beruvchi xodimlarning manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilishdan oldin, xodimlarning vakillik organi bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishi shart
.