Qachon nogironni parvarish qilish ish stajiga kiritilishi mumkin

preview

«Men I guruh  nogironligi boʻlgan bemor otamni parvarish qilish uchun ishdan boʻshashga majbur boʻldim. Pensiyani hisoblab chiqarishda bu vaqt staj sifatida hisobga olinadimi? Agar olinsa, qanday shartlarda?».

Savolga kadrovik.uz iltimosi boʻyicha Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi ijroiya apparati metodologiya boʻlimi boshligʻi Farrux Pardayev javob berdi:

 

– Davolash muassasasining xulosasiga koʻra oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan quyidagilarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi :

  • I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga;
  • 18 yoshgacha boʻlgan, nogironligi bor bolaga;
  • 80 yoshga toʻlgan qariyalarga.

I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni parvarish qilish davri qanday shartlarda hisobga olinadi

Kamida 7 yil ish staji mavjud boʻlishi kerak . Talab qilinadigan 7 yillik davrga xodim davlat ijtimoiy sugʻurtasiga tortilgan har qanday ish kiradi:

1) ish beruvchining faoliyat turi, mulkchilik shakli va boshqaruvidan qat’i nazar;

2) quyidagi shartlarda:

– Byudjetdan tashqari pensiya fondiga sugʻurta badallarini toʻlash – 2019 yil 1 yanvargacha boʻlgan davr uchun;

– mehnatga haq toʻlash va ijtimoiy soliqni toʻlash shaklida daromadlarni hisoblash – 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun;

– ijtimoiy soliqni ayol ishlamagan davr uchun turmush oʻrtogʻi tomonidan ish haqi koʻrinishidagi daromadlaridan ixtiyoriy ravishda toʻlash – 2021 yil 1 iyundan keyin.

E’tibor bering
Ish staji faqat qarab turgan va qarab turishga muhtoj boʻlgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga qoʻshib hisoblanadi .

 

Bunday davrni qanday tasdiqlash kerak

Parvarish muddati quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:

1) parvarishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi;

2) nogironlikda boʻlganlikni (I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironligi boʻlgan bolalar uchun)  yoshni (keksalar va nogironligi boʻlgan bolalar uchun);

3) oʻzganing parvarishi zarurligi toʻgʻrisida (keksalar uchun) davolash muassasasining tibbiy xulosasi bilan.

I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga yoki 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turishning tekshirish dalolatnomasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xodimlaridan va shaxslardan soʻrab chiqish, shuningdek ularning qoʻshnilaridan soʻrab chiqish asosida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan har 12 oyda tuziladi. Agar qandaydir sabablarga koʻra tekshirish dalolatnomalari mavjud boʻlmaganda qarab turish holati sudning qarori asosida belgilanadi .

Dalolatnomalar 2 nusxada tuziladi:

  • birinchi nusxasi I guruh nogironi va 80 yoshga toʻlgan keksalarning pensiya yigʻmajildiga tikiladi yoki Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimiga yuklanadi. Bunday dalolatnomalar parvarishga muhtojga qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga kiritish uchun asos boʻladi;
  • ikkinchi nusxasi qarab turgan shaxsga beriladi. Unga pensiya belgilashda ular ushbu shaxsning pensiya yigʻmajildiga tikiladi . 

Alla ROMAShKO tayyorladi


Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot: xodim tugʻruq ta’tiliga chiqqanda, nafaqaga chiqqanida yoki nogiron boʻlganida ish beruvchi ijtimoiy yordamni qanday tashkil qilishi mumkin xodimlarning ijtimoiy ta’minoti, oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, xodimlarni ish beruvchidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot. Oʻzbekistonda mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti haqida batafsil ma’lumot. Xodim tugʻruq ta’tilida nafaqaga chiqqan yoki nogiron boʻlganida ijtimoiy himoyani roʻyxatdan oʻtkazish shartlari. Siz xodimlarning ijtimoiy ta’minoti haqida koʻproq ma’lumot olishingiz mumkin boʻladi /oz/publish/doc/text188706_qachon_nogironni_parvarish_qilish_ish_stajiga_kiritilishi_mumkin