Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Xodimning navbatdagi ta’tili may oyining birinchi sanalarida boshlanadi. Yangi MK boʻyicha ta’til davri 9 may bayram kunini oʻz ichiga olishini hisobga olgan holda ta’til davomiyligini kalendar kunlarda qanday qilib toʻgʻri hisoblash kerakligini tushuntirsangiz?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
Yangi MK boʻyicha har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat ta’tillari kalendar kunlarda hisob chiqariladi . Bu ta’til davomiyligini hisoblashga dam olish kunlari, shu jumladan yakshanba ham kiritilishini anglatadi.
Ammo ta’til davriga toʻgʻri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari uning davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.
Quyidagilar ishlanmaydigan bayram kunlari sanaladi :
- 1 yanvar – Yangi yil;
- 8 mart – Xotin-qizlar kuni;
- 21 mart – Navroʻz bayrami;
- 9 may – Xotira va qadrlash kuni;
- 1 sentyabr – Mustaqillik kuni;
- 1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
- 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
- Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
- Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Shunday qilib, agar ushbu bayramlardan biri ta’til davriga toʻgʻri kelsa, u ta’til davomiyligi hisob-kitobiga kiritilmaydi.
Agar ta’tildan chiqish dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, хodim undan keyin keladigan ish kunida ish boshlashi kerak.
Shunday qilib, ta’tilning oхirgi kuni 26 may boʻladi. Ishga chiqish sanasi 29 may, chunki 27 – 28 may ushbu tashkilotda dam olish kuni sanaladi.
2023 yil may |
||||||
Dushanba |
Seshanba |
Chorshanba |
Payshanba |
Juma |
Shanba |
Yakshanba |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
18 |
19 |
20 |
21 |
22 |
23 |
24 |
25 |
26 |
27 |
28 |
29 |
30 |
31 |
|
|
|
|
2023 yilda har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi 23.12.2022 y. PF-270-son Prezident Farmoni bilan belgilangan qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarga qisqartirilmaydi. Batafsil quyida qarang:
Agar хodim kasal boʻlib qolsa
Xodim ta’til paytida kasal boʻlishi va kasallik varaqasini taqdim qilishi mumkin. Bu holatda ta’til bilan nima qilish va hammasini qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish kerak? Ushbu savollarga javoblarni quyidagi tavsiyada topish mumkin:
Agar хodim qoʻshimcha ta’til olishga haqli boʻlsa
Bunday holda kadrlar boʻlimi хodimi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini toʻgʻri hisoblashi kerak. Bu yerda oʻziga хos jihatlar mavjud. Ushbu savol boʻyicha mutaхassislarning batafsil izohini quyidagi tavsiyada oʻqishingiz mumkin:
Lenara XIKMATOVA
yurist, «Norma» eksperti