Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Vaxta usulidagi ishda xodimlarning ish joyi (vaxta shaharchasi joylashgan joydan 2 haftadan chiqmasdan) yashash joyidan 30 km olisdagi (bir soatlik yoʻl) hududda joylashgan. Xodimlarni ish joyiga xizmat transporti orqali yetkazamiz. Bunda ish haqini toʻlash va dam olish vaqtini hisob-kitob qilishda yashash joyidan ish joyiga borish va ortga qaytish chogʻida yoʻlda boʻlish vaqtini sira hisobga olmaymiz. Bu toʻgʻrimi?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatini huquqiy tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari Mehnat kodeksining 465–472-moddalarida belgilangan.
Ish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish chogʻida yoʻlda boʻlish kunlari (vaqt) ish vaqtiga kiritilmaydi.
Ular vaxtalar oʻrtasidagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelishi mumkin
, tegishincha, yoʻlda boʻlish vaqtiga ish haqi toʻlanmaydi.
Ammo Mehnat kodeksining 472-modda 7-qismiga muvofiq vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, ish beruvchining joylashgan yeridan (yigʻilish punktidan) ish bajariladigan joygacha borish va u yerdan qaytish chogʻida yoʻlda boʻlish vaqti uchun oʻtgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida aniqlanadigan oʻrtacha kunlik stavka
miqdoridan kelib chiqqan holda xodimlarga kompensatsiya toʻlanishi kerak.
Sizga quyidagi tushuntirishlar foydali boʻlishi mumkin:
Valeriya LYaNDRES,
«Norma» eksperti