Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Korxona xodimlarining aksariyati Oʻzbekiston viloyatlarida vaxta usulida ishlaydi. Shu sababli ularning koʻpchiligi boʻnak va maosh toʻlash kunida bosh ofisda boʻlmaydi. Natijada muammoli vaziyatlar va nizolar kelib chiqadi. Xodim ish haqini olishni boshqa kishiga topshirishi mumkinmi?
– Vaxta usuli qurilayotgan ob’yektlar korxonadan uzoq masofada joylashgan sharoitda ishlarni mehnat resurslaridan foydalanish asosida tashkil qilishning shakli hisoblanadi
.
MKning 256-m. 5-qismiga muvofiq, xodimlarga ish haqi, odatda, ular ishlayotgan joyda toʻlanadi. Ya’ni, ish beruvchi har bir xodimga mehnat majburiyatlarini bajarayotgan joyda ish haqi toʻlanishini tashkillashtirishi kerak. Bu ishning vaxta usulidan foydalanuvchi yoki tarkibiy boʻlinmalari olisda joylashgan korxonalar uchun ayni dolzarb masala sanaladi.
Bevosita ishlar bajariladigan joyda ish haqi toʻlanishini ta’minlashning imkoni boʻlmasa, xodim pulni olishni boshqa shaxsga topshirishi mumkin. Buning uchun ishonchnoma – bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolatni rasmiylashtirish lozim
.
Ishonchnomani notariusda yoki notarial tasdiqlamay – oddiy yozma shaklda rasmiylashtirish mumkin. Namunaga qarang.
Ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarni olishga ishonchnoma ishonch beruvchi ishlaydigan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin
.