Xodim aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga kirsa

preview

«Men pensionerman, bir oʻzim ishlayman va bolalikdan I guruh nogironi boʻlgan oʻgʻlimni tarbiyalayman. Uzrli sababga koʻra ishga 10–15 daqiqa kech qolganim uchun ish beruvchi meni ishdan boʻshatishga haqlimi? Roziligimsiz meni  0,75 stavkaga oʻtkazish qonuniymi?».

Vaziyatni ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES izohladi:

 

– Nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga kiritiladi .

Xodimga oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslar va ayollar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisidagi Mehnat kodeksining 392–410-moddalarini oʻrganib chiqishni tavsiya qilamiz.

Mazkur holatda nogironligi boʻlgan bolaning yoshi katta ahamiyatga ega.

 

1) Agar nogironligi boʻlgan bola 16 yoshdan kichik boʻlsa, xodimga quyidagi imtiyozlar qoʻllaniladi:

  • ish beruvchi xodimning iltimosiga koʻra toʻliqsiz ish kunini belgilashi shart ;
  • oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlanadi ;
  • oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta va undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz otaga, yolgʻiz onaga (beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat ta’tillari, ularning xohishiga koʻra, ular uchun qulay boʻlgan vaqtda beriladi ;
  • har yili davomiyligi kamida toʻrt kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha ta’til beriladi ;
  • xodimning xohishiga koʻra, har yili ish haqi saqlanmagan holda davomiyligi kamida oʻn toʻrt kalendar kun boʻlgan ta’til beriladi .
E’tibor bering
Ushbu imtiyozlar 2023 yil 30 apreldan kuchga kirgan Mehnat kodeksida nazarda tutilgan. Oldingi davrlarni 1995 yilda tahrir qilingan MK tartibga solgan. Eski va yangi kodekslarda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasi uchun imtiyozlar farq qilishi mumkin.

 

2) Agar nogironligi boʻlgan bola 16 yoshdan katta boʻlsa, xodim kasal oila a’zosiga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxs hisoblanadi.

Bunday holda, xodim tibbiy xulosani taqdim etish orqali, uning xohishiga koʻra MK 186-m. va MK 398-moddasiga muvofiq toʻliqsiz ish kuni belgilanishini talab qilishi mumkin.

Yuqorida sanab oʻtilgan boshqa imtiyozlar xodimga tatbiq qilinmaydi.

Xodimning yoshi va uning pensioner ekanligi hech qanday imtiyozlar va afzalliklarga ta’sir qilmaydi.

 

Ishdan boʻshatish mumkinmi

Ish beruvchi yangi Mehnat kodeksi kuchga kirishi bilan xodim bilan mehnat shartnomasini pensioner sifatida (pensiya yoshiga yetgan va pensiya olish huquqiga ega)  bekor qilishga haqli emas

(eski kodeksda bunday imkoniyat nazarda tutilgan).

Har qanday toifadagi xodim korxonada belgilangan ichki mehnat tartibi qoidalari va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan mehnat intizomiga rioya qilishga majbur . Agar u haqiqatan ham mehnat intizomini buzsa, ish beruvchi unga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash huquqiga ega – tanbeh, jarima yoki mehnat shartnomasini bekor qilish. Ammo buning uchun ish beruvchida xodim tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklarni tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi kerak.

Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta buzganlik uchun MK 161-m. 2-q. 4-b. yoki 5-b. boʻyicha  – MK 313–314-moddalarida belgilangan tartibda va muddatlarda bekor qilinishi mumkin.

E’tibor bering
Ish beruvchi intizomiy jazo chorasini qoʻllashda sodir etilgan qilmishning ogʻir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvorini hisobga olishi kerak . Har bir aniq vaziyatda muammoni individual tarzda hal qiling.

Agar xodimning mehnat (xizmat) majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik unga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra (ish beruvchining mehnat majburiyatlarini bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlamasligi, fors-major holatlari va boshqalar) yuz bersa, xodimni intizomiy javobgarlikka tortish mumkin emas.

Agar nizo kelib chiqqan boʻlsa, xodimga qoʻllab-quvvatlash uchun xodimlarning vakillik organiga (kasaba uyushmasi qoʻmitasi, mehnat jamoasi kengashi) yoki mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

 

0,75 stavkaga oʻtkazish mumkinmi

Agar ushbu oʻtkazish xodimning iltimosiga koʻra amalga oshirilgan boʻlsa, bu  qonuniy ravishda hal qilingan «toʻliqsiz ish vaqti» boʻlar edi. Xodima kasal oila a’zosiga gʻamxoʻrlik qilish uchun qoʻshimcha boʻsh vaqt olgan boʻlar edi.

Bunda  toʻliqsiz ish vaqti shartlarida ishlaganda xodimning mehnatiga haq toʻlash u ishlab bergan vaqtga mutanosib ravishda yoki u bajargan ishning hajmiga qarab amalga oshiriladi . MK mehnatga toʻlanadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligini belgilagan xodimlar toifasiga nogiron bolalari boʻlgan xodimlar kiritilmagan.

Agar xodima uni toʻliqsiz ish vaqtiga oʻtkazishni soʻramagan va bunga roziligini bermagan boʻlsa, ish beruvchi uning mehnat shartlarini texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin boʻlmagan taqdirda oʻzgartirishi mumkin boʻladi . Bu holda ish beruvchi xodimani 2 oydan kechiktirmay boʻlgʻusi toʻliqsiz ish vaqtiga oʻtkazish toʻgʻrisida imzo ostida yozma ravishda xabardor qilishi shart edi. Belgilangan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv asosida yoʻl qoʻyiladi.

Agar korxonada bu sabab boʻyicha  texnologiyada oʻzgarishlar va shtat qisqarishi boʻlmagan boʻlsa, xodimani majburiy tarzda 0, 75 stavkaga oʻtkazish – noqonuniy hisoblanadi. Mehnat qonunchiligi me’yorlarini buzganlik uchun ish beruvchining mansabdor shaxslariga javobgarlik nazarda tutilgan (MJtK 49-moddasi boʻyicha BHMning 5-10 baravari miqdorida jarima).

 

 

Oʻzbekistonda mehnat sharoitlarini oʻzgartirish-mehnat sharoitlarini oʻzgartirish tartibi, batafsil ma’lumot oʻzbekistonda mehnat sharoitlarining oʻzgarishi, mehnat sharoitlarining oʻzgarishi, mehnat sharoitlarining oʻzgarishi, mehnat sharoitlarining oʻzgarishi, mehnat sharoitlarining oʻzgarishi Oʻzbekistonda mehnat sharoitlarini oʻzgartirish. Saytda kadrovik.uz Oʻzbekistonda mehnat sharoitlarining oʻzgarishi haqida hikoya qilinadi. Bu yerda siz ish sharoitidagi oʻzgarishlar, ish sharoitidagi oʻzgarishlarning sabablari va mavzu boʻyicha boshqa ma’lumotlar boʻyicha tavsiyalarni topishingiz mumkin /oz/publish/doc/text190447_hodim_aholining_ijtimoiy_ehtiejmand_toifasiga_kirsa