Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Kompaniya xodimlarni taqdim etish xizmatini koʻrsatadi. Bizda ishlaydigan xodimlar buyurtmachilar hududida ishlashadi. Ushbu faoliyat turi Myehnat kodeksining 147-moddasi normalariga mos keladimi? Bu xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish hisoblanadimi? Agar ha boʻlsa, xodimlarning maoshini ular vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi emas, oʻzimiz toʻlay olamizmi?».
Vaziyatni ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES izohladi:
TG–kanalimizga obuna boʻlish murakkab savollarga birinchilardan boʻlib javob olishingizni kafolatlaydi!
Albatta obuna boʻlish kerak.
– Bu xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish boʻlgani kabi autstaffing ham boʻlishi mumkin. Hammasi tafsilotlarga bogʻliq.
1. Agar bu – xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish boʻlsa 
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin.
Buning uchun quyidagilar kerak:
1) avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishini xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda toʻxtatib turish;
2) xodim bilan vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrga alohida muddatli mehnat shartnomasini tuzish (kamida bir yilga).
Zarur boʻlganda xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborish muddati vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodim, xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchi (1-son ish beruvchi) va xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi (2-son ish beruvchi) oʻrtasidagi kelishuvga binoan uzaytirilishi, biroq koʻpi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Xodim boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilganda xodimning roziligi bilan uning mehnat vazifasi oʻzgartirilishi mumkin, bu muddatli mehnat shartnomasida albatta koʻrsatilishi shart.
Agar yangi ish joyidagi mehnatga haq toʻlash shartlari yoki dam olish vaqti xodim uni vaqtincha xizmat safariga yuborgan 1-son ish beruvchida foydalanganidan farq qilsa, xodimga nisbatan qulayroq shartlar qoʻllaniladi. Bu ham mehnat shartnomasida yozilishi kerak.
Xizmat safari muddati tugashi bilan 1-son ish beruvchi xodimni avvalgi ishini taqdim etishi kerak.
Vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodimga 2-ish beruvchi haq toʻlaydi. Agar u toʻlovga qobiliyatsiz boʻlsa, bajarilgan ish uchun haq toʻlash majburiyati 1-ish beruvchiga yuklatiladi. Bu holda u 2-ish beruvchiga nisbatan regress da’vo qoʻzgʻatishga haqli
.
2. Agar bu – autstaffing boʻlsa 
Autstaffing – bu ish beruvchi oʻz xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga (ish beruvchilarga emas) vaqtinchalik yuboruvchi xizmat turi. Bunday holda xodimlarning boshqa yuridik shaxslarda mehnat funksiyalari ish beruvchi (1-son) va jamoa kelishuvlari bilan belgilanadi.
Ish beruvchi autstaffing xizmatlarini boshqa yuridik shaxs (buyurtmachi) bilan tuzilgan shartnoma asosida koʻrsatadi. Ushbu shartnomaga muvofiq xodimlar xizmatlar buyurtmachisining manfaatlarini koʻzlab, uning boshqaruvi va nazorati ostida ishlashadi, ammo ularga maoshni ish beruvchi (1-son) toʻlaydi. Xodimlar buyurtmachilar bilan mehnat shartnomalarini tuzmaydi.
Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar autstaffing xizmatlari koʻrsatish huquqiga ega. Bunday xizmatlar faqat Oʻzbekistonda koʻrsatilishi kerak. Xodimlarni autstaffing doirasida ishlash uchun chet elga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Autstaffing xizmatlari koʻrsatish tartibi va autstaffing xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.