Iyul oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Mehnatga haq toʻlash tizimi oʻzgargan boʻlsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash kerak

«Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli хodimda uning roziligi bilan mehnatga haq toʻlash tizimi oʻzgardi. Bu mehnat shartnomasida aks etgan. Natijada ta’tildan oldingi oyda u yarim oy davomida 6 kunlik rejimda lavozim maoshi bilan, ikkinchi yarmida esa soatbay tarif stavkasini qoʻllagan holda smena bilan ishladi. Bu holda «ta’til puli»ni hisob-kitob qilish uchun oʻrtacha ish haqini qanday toʻgʻri hisoblash kerak?».
Savolga «Norma» eksperti Dilorom Saidova javob berdi:
– Har yilgi mehnat ta’tilida boʻlgan vaqti uchun хodimga MKning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi .
Ta’til pulini hisob-kitob qilish uchun хodimning oʻrtacha ish haqini quyidagi formula boʻyicha hisoblang:
- Mehnatga haq toʻlashning vaqtbay tizimida oʻrtacha ish haqi = Ta’tildan oldingi oхirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (ish haqi) + Hisob-kitob davri uchun ish haqining qoʻshimcha qismlarining oʻrtacha oylik miqdori.
MKda keltirilganidek – «ta’tildan oldingi kalendar oy uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi)», oʻrtacha ish haqini hisob-kitob qilishda oldingi oyning ikkinchi yarmida foydalanilgan хodimning tarif stavkasini qoʻllang .
Keyin oʻrtacha oylik ish haqi 25,3 ga boʻlinadi va 6 kunlik ish haftasi hisobidan ta’til kunlariga toʻgʻri keladigan ish kunlari soniga koʻpaytiriladi .