Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Qurbon hayiti 2023 yilda ish vaqti kalendarini qanday oʻzgartiradi
Prezident Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi, unga koʻra bayram 28 iyun, chorshanba kuniga toʻgʻri keladi, oʻzbekistonliklar esa hech qanday boshqa kunga koʻchirishlarsiz ketma-ket 5 kun dam olishadi. Turli хil rejimlar uchun ish vaqti kalendarida nimalar oʻzgaradi?
Kamida 1 soatga qisqartirilgan ish kuni :
- 27 iyun (seshanba) – bayram kuni arafasi.
Dam olish kunlari:
- 28 iyun (chorshanba) – bayram kuni;
- 29 iyun (payshanba) – ish haftasining barcha turlari uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
- 30 iyun (juma) – barcha turdagi ish haftalari uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
- 1 iyul (shanba) – 5 kunlik ish haftasi uchun kalendar dam olish kuni va 6 kunlik ish haftasi uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
- 2 iyul (yakshanba) – barcha turdagi ish haftasi uchun kalendar dam olish kuni.
Ish vaqti kalendarida nima oʻzgaradi
1. Barcha ish rejimlari uchun 2023 yil iyun oyida ish kunlari miqdori oʻzgaradi:
- 5 kunlik ish haftasi – 19 ish kuni;
- 6 kunlik ish haftasi – 23 ish kuni.
2. Iyun oyida ish vaqti miqdori quyidagilarni tashkil qiladi:
- 5 kunlik ish haftasida – 151 soat;
- 6 kunlik 40 soatlik ish haftasida – 152 soat;
- 6 kunlik 36 soatlik ish haftasida – 137 soat.
Barcha tashkilotlar (korхonalar)da ish vaqtini hisobga olish tabelini tuzishda va ish haqini hisoblashda ushbu oʻzgarishlarni hisobga olish kerak.
Bayram sanalaridagi oʻzgarishlar munosabati bilan 2023 yil uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ish vaqti Hisob-kitobi ham oʻzgaradi.
Valeriya LYaNDRES,
«Norma» eksperti