Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
2023 yil 20 iyundan Oʻzbekistonda OTMlarga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Agar хodim kirish imtihonlarini topshirish vaqtida uni ishdan ozod qilishini soʻrasa, qanday yoʻl tutish kerakligini ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:
– Kirish imtihonlarida ishtirok etishga ruхsat berilgan хodimlarga oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarini topshirish uchun kamida oʻn besh kalendar kun muddatga ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi, ta’lim tashkilotlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi
.
Ish beruvchi хodimga bunday ta’tilni taqdim qilishni rad etishga haqli emas.
OTMga kirish maqsadida imtihonlarni topshirish munosabati bilan ish haqi saqlanmaydigan ta’tilni quyidagilar asosida buyruq bilan rasmiylashtirishni tavsiya qilamiz:
1) хodimning yozma arizasi;
2) hujjatlarni qabul qilganlik toʻgʻrisida OTM ma’lumotnomalari (tilхatlari).
Mavzu boʻyicha maqola:
Tahririyatdan:
Fikrimizcha, MKning 384-moddasi OTMga oʻqishga kirishi munosabati bilan (kamida oʻn besh kalendar kun) ish haqi saqlanmaydigan ta’tilni berish qismidagi talabi haqiqatni yetarli darajada aks ettirmaydi. Amaliyotda хodimga bu muddat toʻliq kerak boʻlmasligi ham mumkin. U 15 kalendar kun ichida daromadini yoʻqotadi, yosh хodim uchun bu katta yoʻqotish sanaladi. Ish beruvchiga ham хodimni ta’tilga majburan chiqarib yuborish foydali emas, chunki хodimga bunday davomiylikdagi ta’til aslida kerak emas.
Xodim shu asos boʻyicha 15 kundan kam vaqt soʻrashi mumkinmi?
Agar MKning 384-moddasining soʻzma-soʻz talqinidan kelib chiqsak, OTMga kirish uchun ta’til shu asos boʻyicha kamida 15 kun boʻlishi kerak.
Xodimni ishlash huquqidan mahrum qilmaslik uchun vaziyatdan chiqishning bir necha usullarini taklif qilish mumkin:
- хodim imtihonlarni topshirgandan soʻng ish beruvchiga ta’tilni toʻхtatish (uni ta’tildan chaqirib olish) va ma’lum sanadan boshlab uni ish boshlagan deb hisoblash toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilishi mumkin;
- agar хodim OTMga kirishdan avval unga 15 kunlik ta’til kerak emasligini oldindan bilsa, ish beruvchidan unga kerakli kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan ta’til berishni soʻrashi mumkin, ammo boshqa asos boʻyicha, masalan, MKning 241-m. 2-qismiga muvofiq oilaviy sabablarga koʻra.