Qaysi hollarda «kasallik» nafaqasi toʻlanmaydi

preview

Mehnat kodeksining 281-moddasida ish beruvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa toʻlash majburiyati belgilangan.

 

Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi (AV roʻyxat raqami, 1136, 08.05.2002 yil). Nizom, xususan, kasallik nafaqasi uchun pul toʻlash shart boʻlmagan holatlarni nazarda tutadi. 

Agar vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri quyidagi davrlarga toʻgʻri kelsa, nafaqa toʻlanmaydi:

  • ish haqi saqlanmaydigan ta’til;
  • bolani parvarishlash boʻyicha ta’til;
  • ish vaqtincha toʻxtatilganda;
  • xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi toʻlash toʻxtatib qoʻyilganligi sababli ishlamaganda;
  • harbiy oʻquv yoki tekshiruv yigʻini;
  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qoʻshimcha ta’til.

Ya’ni, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik  nafaqasi ushbu davrlardan biriga toʻgʻri keladigan kunlar uchun toʻlanmaydi. Agar xodimning mehnatga layoqatsizligi bunday davrda boshlangan boʻlsa va u tugagandan davom etsa, mehnatga layoqatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi .

Misol

Xodimga 10 iyuldan 31 iyulgacha ish haqi saqlanmaydigan ta’til taqdim qilindi.

Birinchi holat: xodim 12 iyuldan 20 iyulgacha kasal boʻldi. Bunday holda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlanmaydi

Ikkinchi holat: xodim 12 iyuldan 10 avgustgacha kasal boʻldi – nafaqa 1 avgustdan 10 avgustgacha boʻlgan davr uchun toʻlanishi kerak.

E’tibor bering
Agar mehnatga layoqatsizlik har yilgi mehnat ta’tili davrida boshlangan va tugagan boʻlsa, unda bunday kasallik ta’tillari xodimga toʻlanadi. Ta’til esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davriga uzaytirilishi yoki ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi kelishuvga koʻra koʻchirilishi mumkin.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi :

  • ishdan yoki boshqa vazifalardan boʻyin tovlash maqsadida oʻz salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud oʻzini kasallikka solganda.
  • Ish beruvchi albatta vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik  varaqasi berilishining qonuniyligini tekshirishni tashkil qilish orqali kasallikning simulyatsiyasini isbotlashi kerak. Bunday hollarda qanday harakat qilish kerakligi haqida quyidagi maqolada yozganmiz «Homiladorlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnomaning haqiqiyligiga shubha bor: qanday qilib toʻgʻri munosabat bildirish kerak»;
  • xodim giyohvandlik yoki mastlik bilan bogʻliq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
  • xodim jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
  • xodimning aybi sudda belgilanishi va sud hukmi kuchga kirishi kerak;
  • Xodim sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari) – kasallik varaqasida sababi koʻrsatiladi;
  • hibsda boʻlgan davrda;
  • sud-tibbiyot ekspertizasidan oʻtish davrida.

 

Xodim vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik  nafaqasini quyidagilar uchun qisman ololmasligi mumkin:

  • bevosita vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik  boshlanishidan oldin uzrli sabablarsiz progul;
  • shifokor tomonidan belgilangan rejimni buzish;
  • belgilangan muddatda shifokor koʻrigiga yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasiga (TMEK) kelmaslik.

Bu haqda mehnatga layoqatsizlik varaqasida sababi, sanasi koʻrsatilgan holda qayd qilinadi . Bunday hollarda xodimlar qoidani buzish roʻy bergan kundan boshlab korxonaning Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi belgilaydigan muddatga nafaqadan mahrum qilinadilar .

«Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES tayyorladi

 

 

 

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda haq va boshqa toʻlovlar-haq toʻlash shartlari, haq va boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot oʻzbekistonda ish haqi va boshqa toʻlovlar, ish haqi, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda ish haqi va boshqa toʻlovlar. Oʻzbekistonda haq toʻlash va boshqa toʻlovlarning turli jihatlari haqida koʻproq bilib oling. Bu yerda siz ish haqi va boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot topishingiz mumkin. Ish haqi va boshqa toʻlovlar haqida barcha ma’lumotlar /oz/publish/doc/text192140_qaysi_hollarda_kasallik_nafaqasi_tulanmaydi