Xodimlar tushlik tanaffusda oʻz ishlari bilan ketishlari mumkinmi

preview

«Tashkilotning oʻz oshxonasi bor. Bundan foydalanib, ba’zi xodimlar tanaffus paytida tezgina tushlik qilib, shaxsiy ishlari boʻyicha ketishadi. Ba’zan tushlikdan kech qaytishadi. Shuning uchun direktor xodimlarga tushlik paytida kompaniya hududidan chiqib ketishni taqiqlab, ushbu qoidani buzganlarga jarima solmoqchi. Bunday taqiq qonuniymi?»

Savolga  Norma eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi.  

 

Ekspertlarning hech bir tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Xodimlar uchun tushlik tanaffusi rasman dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus deb ataladi .

Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus paytida xodimlarning harakatini cheklash mumkin emas, ayrim holatlar bundan mustasno.

Ish beruvchi ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi koʻpi bilan ikki soat va kamida oʻttiz daqiqa boʻlgan tanaffus berishi kerak . Ushbu cheklovlardan kelib chiqib har bir tashkilot xodimlar uchun tanaffusning davomiyligi va soatlarini belgilaydi.

Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti kompaniyaning ichki mehnat tartibi qoidalarida (IMTQ) yoki xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi .

Kunlik ishning (smenaning) davomiyligi toʻrt soatdan oshmasa, agar bu ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, tanaffus berilmasa boʻladi .

Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi, shuning uchun xodimlar undan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanishlari mumkin. Bu vaqtda ular ish joyidan chiqib ketishiga yoʻl qoʻyiladi. Bundan tashqari, yangi Mehnat kodeksining 204-moddasi 4-qismida toʻgʻridan-toʻgʻri: «Bu vaqtda ular ish joyidan chiqib ketishi mumkin»ligi koʻrsatilgan. Bunda tashkilotning oʻz oshxonasi bor yoki yoʻqligi muhim emas – ish beruvchi xodimlarga uning hududidan chiqib ketishni taqiqlashga haqli emas. Tegishincha, IMTQga bunday taqiqni kiritish mumkin emas, negaki bu amaldagi qonunchilikka nisbatan xodimlarning holatini yomonlashtiradi . Shuningdek, xodimlarni dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus paytida kompaniya hududidan chiqib ketganliklari uchun jarimaga tortish mumkin emas. Aks holda, ish beruvchining aybdor mansabdor shaxsi MJtK 49-moddasi boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Agar xodimlar tushlikdan oʻz vaqtida qaytmasa – boshqa gap. Misol uchun, ofisda tushlik tanaffusi 13:00 dan 14: 00 gacha. Agar xodim soat 14:00 dan keyin ish joyida boʻlmasa, bu ish beruvchi hayfsan e’lon qilishi, jarima solishi yoki ishdan boʻshatishi mumkin boʻlgan mehnat intizomining buzilishi sanaladi. Albatta, intizomiy jazo choralarini qoʻllash uchun Mehnat kodeksining 312– 314-moddalarida belgilangan barcha qoidalarga rioya qilgan holda.

 

Ammo istisnolar mavjud…

Bu ish yoki ishlab chiqarish sharoitlari xodimlarga dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus qilishga imkon bermaydigan holatlarga tegishli. Masalan, ishning bunday xususiyatlari call-markaz operatorlari, qoʻriqchilar, nazorat punkti xodimlari, uzluksiz ishlab chiqarish xodimlari va boshqalarda boʻladi. Bunday holda ish beruvchi xodimga ish vaqtida dam olish va ovqatlanish imkonini taqdim qilishi shart. Bunday ishlarning aniq roʻyxati, dam olish va ovqatlanish uchun tartib hamda joylar IMTQda belgilanishi kerak .

 

 

 


Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyxatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi xodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text192414_hodimlar_tushlik_tanaffusda_uz_ishlari_bilan_ketishlari_mumkinmi