Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan xodimni ishdan boʻshatishni toʻgʻri kelishish shartlari

preview

«Ish beruvchi xodimni progul uchun oʻz tashabbusiga koʻra ishdan boʻshatmoqchi. Agar mehnat majburiyatlarini buzish dalili aniq boʻlsa, ishdan boʻshatishni xodimlarning vakillik organi bilan kelishish kerakmi? Ushbu tartib-taomil qanday oʻtkaziladi?»

Savollarga «Norma» eksperti, yurist  Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

Ekspert-amaliyotchilarning tushuntirishlarini oʻqish uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Agar bu jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi (XVO) bilan kelishilishi zarur .

Bunday holda, agar mehnat shartnomalarini quyidagilar munosabati bilan bekor qilayotgan boʻlsangiz, bunday organning roziligini oling:

  • texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining oʻzgarganligi ;
  • xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi ;
  • mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi ;
  • mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi ;
  • oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mazkur ishga oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan xodim qabul qilinishi, shuningdek oʻrindoshlik asosida ishlashga cheklovlar joriy etilganligi munosabati bilan .

Shunday qilib, agar ish beruvchi xodim tomonidan mehnat majburiyatlarini buzganligi (progul) toʻliq tasdiqlangan deb hisoblasa va hech qanday shubha tugʻdirmasa, agar bu jamoa shartnomasi  yoki kelishuvda  nazarda tutilgan boʻlsa, baribir xodimlarning vakillik organi roziligini olish kerak.

 

Xodimlarning vakillik organining roziligi qachon talab qilinmaydi

Agar mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa:

  • tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi munosabati bilan;
  • tashkilot rahbari, alohida boʻlinma rahbari bilan MKning 161-modda 2-qismida nazarda tutilgan har qanday asoslar boʻyicha;
  • tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida boʻlinmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi MKning 489-modda 1-qism 1-bandiga muvofiq tashkilot mulkdori oʻzgarganligi munosabati bilan.
E’tibor bering
Jamoa shartnomasi xodimning vaziyatini jamoa kelishuviga nisbatan yomonlashtira olmaydi. Shuning uchun, agar tarmoq yoki hududiy jamoa kelishuvida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, jamoa shartnomasida kelishilgan-kelishilmaganligidan qat’i nazar, bunday rozilikni olish kerak .

 

Kelishish tartib-taomilini qanday oʻtkazish kerak

Xodimga e’lon qilingan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish muddati tugashidan oldin, ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni ishdan boʻshatishga rozilik olish toʻgʻrisida xodimlarning vakillik organiga yozma taqdimnoma yoʻllang.

Taqdimnomani ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini bekor qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan imzolangan tashkilot blankida rasmiylashtiring. Unda ishdan boʻshatilayotgan xodimning F.I.Sh. va uni ishdan boʻshatishni rejalashtirishga asos boʻlgan Mehnat kodeksi moddasini koʻrsating. Taqdimnomaga  mehnat shartnomasini bekor qilish uchun sabab boʻlgan barcha hujjatlar va materiallarni ilova qiling, roʻyxatdan oʻtkazing va imzo ostida xodimlarning vakillik organiga topshiring.

Misol
XVO qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar
XVO xodimni ishdan boʻshatish masalasi koʻrib chiqiladigan kunni belgilaydi. Xodim XVO uning vaziyatini eshitishi va adolatli qaror qabul qilishi uchun bunday tadbirda ishtirok etishga haqli.  

Agar tashkilotda xodimlarning manfaatlarini kasaba uyushmasi ifodalasa, xodimni kasaba uyushmasi qoʻmitasi yigʻilishining sanasi va joyi toʻgʻrisida xabardor qilish shart. Bu Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasining 23.05.2023 y. 9-5-sonli Qarorida nazarda tutilgan boʻlib, unda kasaba uyushmasi organlarida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani koʻrib chiqish tartibi tasdiqlangan.

Agar ishdan boʻshatilayotgan shaxs kasallik tufayli yigʻilishda qatnasha olmasa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish beruvchining taqdimnomasini rad etadi . Xodim ish qobiliyatini tiklaganidan soʻng ish beruvchi taqdimnomani qayta yuborish huquqiga ega. Agar xodim boshqa uzrli sabablarga koʻra (xizmat safari, ta’til va h.k.) kasaba uyushmasi qoʻmitasining yigʻilishida qatnashish imkoniga ega boʻlmasa, bu haqda ish beruvchiga xabar qilinib, yigʻilish boshqa vaqtga koʻchiriladi. Sanani koʻchirish taqdimnomani koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan oʻn kunlik muddat davomida amalga oshiriladi .

Agar oʻn kunlik muddat tugagunga qadar xodimning ishtirokini ta’minlash imkonsiz boʻlsa,  majlis uning ishtirokisiz oʻtkaziladi. Bunda xodim tadbirda masofadan turib, videokonferensaloqa orqali ishtirok etishi mumkin.

Agar ishdan boʻshatilayotgan shaxs yigʻilishga uzrli sababsiz kelmasa yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasi yigʻilishida ishtirok etishdan bosh tortsa, yigʻilish xodimsiz oʻtkaziladi.

 

Xodimga XVO yigʻilishiga taklifnoma toʻgʻrisidagi xabarnomani «XVOning chiquvchi hujjatlari» kitobida roʻyxatdan oʻtkazing va uni xodimga imzo ostida topshiring. Agar u ishda koʻrinmasa, unga T-2 shaklidagi shaxsiy varaqada koʻrsatilgan manzil boʻyicha pochta xabarnomasini yuborish mumkin.

Xabarnoma mehnat shartnomasini bekor qilishga sabab boʻlgan asosiy hujjatlarga ilova qilinadi.

Agar xodim XVO yigʻilishiga taklifnoma toʻgʻrisidagi xabarnomani olishdan bosh tortsa, bu haqda dalolatnoma tuzing. Ushbu hujjat xodimga yigʻilish joyi, kuni va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida va toʻgʻri xabar berilganligini  tasdiqlaydi.

XVO yigʻilishida uning a’zolari va xodimlaridan tashqari XVOga toʻgʻri qaror qabul qilishda yordam beradigan boshqa xodimlar: yurist, kadrlar boʻyicha xodim, buxgalter va boshqalar ham ishtirok etishlari mumkin.

XVO yigʻilishida protokol yuritiladi. Yigʻilish yakunlari boʻyicha XVO qaror qabul qiladi va bu haqda taqdimnoma olingan sanadan e’tiboran oʻn kun ichida yozma shaklda ish beruvchiga xabar beradi. Agar koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin kasaba uyushmasi qoʻmitasi qabul qilingan qaror haqida xabar qilmasa, u xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligisiz bekor qilishga haqli .

XVO qarori qabul qilingan kundan boshlab 1 oy ichida yuridik kuchga ega. Tegishincha, ish beruvchi ijobiy qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli .

E’tibor bering
Agar XVO mehnat shartnomasini bekor qilishga «qarshi» qaror qabul qilsa, xodimni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

 

 

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish - mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar va mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar. Mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni. Bu erda mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari /oz/publish/doc/text192526_kasaba_uyushmasi_qumitasi_bilan_hodimni_ishdan_bushatishni_tugri_kelishish_shartlari