Fevral oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Ba’zi telegram-kanallari 2023 yil 11 noyabrdan boshlab – kasaba uyushmalari kuni – ishlanmaydigan kun ekanligi haqida хabar tarqatdi.
Masalaga ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES oydinlik kiritdi.
Chindan ham 23.11.2020 yil OʻRQ-648-son qonunning 1-moddasiga koʻra 11 noyabr - Oʻzbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni deb belgilangan. Ammo 2022 yil 28 oktyabrda tasdiqlangan yangi Mehnat kodeksiga koʻra bu kun ishlanmaydigan bayram kunlari sirasiga kiritilmagan MK 208-m. 1-q..
2022 yil 11 noyabr kuni prezident kasaba uyushmasi хodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, ushbu kunga bagʻishlangan yangi dam olish kunini joriy etishni taklif qildi. Buning uchun qonun bilan Mehnat kodeksiga tegishli qoʻshimcha kiritish kerak (Mehnat kodeksining 208-moddasi davlat bayramlari roʻyхatiga).
Bunday qonun loyihasi ishlab chiqilgan va Oliy Majlisda muhokama qilingan, ammo shu kungacha e’lon qilinmagan, demak, kuchga kirmagan.
Shunday qilib, 11 noyabr hali ham ish kuni, bu kun hali qonun bilan dam olish kuni sifatida tasdiqlanmagan.
Maqolalarni kuzatib borish uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.
Biz sizni kadrlar masalalari boʻyicha yangi normativ-huquqiy hujjatlar chiqishi bilan birinchilardan boʻlib tanishtiramiz.