Ta’qib qilish yoki nazorat rahbarning «vazifasimi» yoki ish uslubi?

preview

«Rahbarim meni tekshiruvlar, asossiz ayblovlar bilan ta’qib qilmoqda. Arzimas ishlardan ham ayb topadi. Nazarimda, u buni ishdan boʻshashim uchun ataylab qilyapti. Faqat men xato qilyapmanmi degan fikr tinchlik bermayapti. Boshqa xodimlar jimgina ishlab yurishibdi.  Rahbar qoʻl ostidagi xodimlarni nazorat qilishi kerakligi tushunarli, lekin u holda bir meni emas, hammani nazorat qilsin».

Vaziyatni kadrovik.uz iltimosiga koʻra HR-maslahatchi Irina ShAKIROVA sharhladi:

 

Amaliyotchi-mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Agar nazorat ta’qib sifatida qabul qilinsa, demak, rahbar va boʻysunuvchining oʻzaro munosabati izdan chiqqan. Bunga oydinlik kiritish  kerak.

Nazorat – bu rahbarning majburiy funksiyasidir. Uningsiz samarali ishni yoʻlga qoʻyib boʻlmaydi.

Ba’zi birlar nazorat qilinsa-yu, boshqalar nazorat qilinmasa, bu adolatsizlikdir. Ammo shuni tushunish kerakki, nazorat har doim malaka darajasiga, shaxsiy va professional sifatlarga qarab  xodimlarga nisbatan har xil boʻladi. Yangi ish boshlagan xodimni avval boshda har qadamda kuzatib turish kerak, chunki u ish jarayonini endi oʻzlashtirmoqda. Tajribali xodim esa faqat ma’lum bosqichlarda, vazifalarni bajarishdagi muhim nuqtalarda nazorat qilinadi.

Rahbar nazoratni notoʻgʻri tushunishi va tashkil qilishi mumkin boʻlgan variant ham ehtimoldan xoli emas.

 

Qoʻl ostidagi xodimlarni nazorat qilishda rahbarlar yoʻl qoʻyadigan xatolar

1. Nazorat faqat salbiy ish holatlariga nisbatan amalga oshiriladi. Koʻpincha rahbar nazoratni salbiy oqibatlarga olib kelgan har qanday xato fakti boʻyicha xodimga «tanbeh berish» sifatida qabul qiladi. Bunday nazorat xatolarni yashirishga majbur qilib, demotivatsiya qiladi, xodimlarning sabotajiga olib keladi.

2. Umumiy va kichik nazorat. Muayyan darajagacha bunday nazorat samarali boʻlishi mumkin, ammo muqarrar ravishda mas’uliyatsizlik va tashabbusni yoʻqotishga olib keladi.

3. Yashirin nazorat. Agar kishi uni kim va qanday nazorat qilishini, nazorat predmeti aynan nima boʻlishini bilmasa, u holda nazorat xodimni sub’yektiv manipulyatsiya qilish vositasiga aylanadi.

4. Hamma xodimlar ham nazorat qilinmaydi: kimdir sinchkovlik bilan va doimiy ravishda nazorat qilinadi, qolganlarning faoliyatiga rahbariyat barmoq orasidan qaraydi. Bunday nazorat koʻpincha tashvish va norozilikni, jamoada boʻlinishni keltirib chiqaradi.

5. Nazorat "hisob-kitobni amalga oshirish" uchun ishlatiladi. Bu rahbar va qoʻl ostidagi xodimlar oʻrtasidagi shaxslararo munosabatlarning psixologik muammolariga ishora qiladi.

6. Nazorat hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi, ya’ni aniqlangan muvaffaqiyatsizliklar yoki muvaffaqiyatlar boʻyicha hech qanday boshqaruv qarorlari qabul qilinmaydi.

 

Rahbar qanday qilib samarali nazoratni yaratishi mumkin

Haqiqiy samarali nazorat uch bosqichdan iborat:

  • dastlabki, xodimlar oldiga vazifa qoʻyilganda va nima, qanday, qancha muddatda va qanday natija bilan bajarilishi kerakligi muhokama qilinganda;
  • oraliq, rahbar vazifa qanday bajarilayotgani, yordam, toʻgʻirlash kerakmi-yoʻqmi, qiziqqanda;
  • yakuniy, olingan natija rejalashtirilgan natija bilan taqqoslanganda va boshqaruv qarori qabul qilinganda (maqtash, dakki berish, oʻrgatish, mukofotlash).

Ya’ni koʻryapmizki, nazorat rejalashtirish bilan chambarchas bogʻliq. Ishni rejalashtirish qanchalik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, keyinchalik nazoratni amalga oshirish shunchalik oson boʻladi.

Nazorat jarayonini boshlashdan avval uchta savolga javob berish kerak:

  • Men nimani nazorat qilaman?
  • Qaysi mezonlar boʻyicha? – ishning kutilayotgan natijasini tasvirlash.
  • Qachon va qanday nazorat qilaman? – nazorat usullari.

Ish jarayonining oʻziga xos xususiyatlari va kutilayotgan natijadan kelib chiqib  rejalashtirilgan yoki toʻsatdan, doimiy yoki tanlangan nazoratni tanlashingiz mumkin.

Masalan, xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalarda mijozlarga xizmat koʻrsatishning yuqori standartlarini doimiy ravishda saqlab turish kerak, shuning uchun front-ofis xodimlari har xil nazorat turlari bilan «monitoring qilinadi». Bu qoʻngʻiroqlarni tanlab nazorat qilish va savdo maydonchasidagi xatti-harakatlarning doimiy kuzatuvi boʻlishi mumkin.

Boshqa jarayonlarda nazorat kontent-tahlil (hujjatlar tarkibini tekshirish) yoki hisobotlarning soʻrovi orqali amalga oshiriladi.

Kundalik nazoratning eng oddiy vositasi «Nima qilish kerak?» varagʻi sanaladi. Kun yoki hafta boshida xodim ish rejasini shakllantiradi va rahbarga taqdim etadi, kun yoki hafta oxirida – hisobotni.

 

Qanday qilib nazoratni shaffof va xodimlar uchun foydali qilish mumkin

Birinchidan, nima, qanday, qachon va qanday mezonlar boʻyicha nazorat qilinishini tushuntirish.

Ikkinchidan, vazifani aniq qoʻyish, kutilayotgan natijani tavsiflash, dedlaynni tayinlash.

Uchinchidan, xodimlarni ish vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan barcha narsalar – resurslar, vaqt, ma’lumot, boshqaruv qarorlari bilan ta’minlash.

 

E’tibor bering

«Xodimlarni izlash va saralash» masofaviy kursimizda yanada foydali bilimlarga ega boʻlasiz! Siz uchun dolzarb mavzularni tanlang va ularni oʻzingizga qulay vaqtda oʻrganing.

Kurs kimlarga moʻljallangan:

  • endi ish boshlagan HR-mutaxassislarga;
  • xodimlarni qidirish, tanlash, moslashtirish funksiyalarini oʻzlashtirmoqchi boʻlgan HR-mutaxassislarga;
  • xodimlarni tanlash va moslashtirishda qatnashadigan oʻrta boʻgʻin menejerlariga;
  • xodimlarni boshqarish tizimini malakali ravishda qurmoqchi boʻlgan, xodimlarining vakolatlarini rivojlantirish istagidagi rahbarlarga.

Koʻproq bilishni istayman! (Rec: yozib olingan kurs).

 

 

 

 

Oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi-kadrlar menejeri vazifalari, kadrlar boshqaruvi jarayoni kadrlar boshqaruvi, oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi, xodimlarni boshqarish jarayoni, xodimlarni hujjatlashtirish Oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi vazifalari keltirilgan. Siz HR menejerining ish jarayoni bilan tanishishingiz mumkin boʻladi. Kadrlar boshqaruvi jarayoni haqida batafsil ma’lumot /oz/publish/doc/text193947_taqib_qilish_eki_nazorat_rahbarning_vazifasimi_eki_ish_uslubi