Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Men – sport-texnika oʻquv klubining (haydovchilik maktabi) kadrlar boʻlimi inspektoriman, tashkilotda 60 nafar xodim ishlaydi. Biz axborot stendiga ega boʻlishimiz kerakmi? Bunday stendda nimalar aks ettirilishi kerak? Bunda qanday yoʻriqnomalarga tayanishim kerak?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Qonunchilik tashkilotlarning kadrlar xizmatlarini axborot stendlariga ega boʻlishga bevosita majburlamaydi. Shu bilan birga ish beruvchini xodimlarni u yoki bu holatlar yoki hodisalar toʻgʻrisida xabardor qilishga majbur qiladigan muayyan normalar mavjud.
Masalan, xodimlar ta’tillar jadvali, tashkilotlar boʻyicha turli buyruqlar, umumiy ish tartibi va boshqa qoidalar bilan tanishtirilishi kerak. Shuning uchun tashkilotning ichki hujjatlari bilan bunday stendni tashkil qilishni nazarda tutishni tavsiya qilamiz. Ishning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, u jismoniy ob’yekt (kadrlar boʻlimi devoridagi stend yoki boshqa hamma koʻra oladigan joyda) yoki elektron – korporativ portal doirasida boʻlishi mumkin.
Stendda nimalarni joylashtirish kerak
Quyidagilarni oʻz vaqtida joylashtirish va yangilashni tavsiya qilamiz:
- tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini;
- joriy davr uchun ta’tillar jadvalini;
- ishga joylashish, turli xil imtiyozlarni olish va hokazolar uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatini;
- arizalarning namunalarini (ta’til, mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqalar uchun);
- pasport tizimi, roʻyxatga qoʻyish va harbiy roʻyxatga olish haqidagi ma’lumotni;
- xodimlarga imtiyozlar berish, qoʻshimcha ta’tillarni taqdim qilish va hokazolar toʻgʻrisidagi jamoa shartnomasidan koʻchirmani;
- mehnat qonunchiligidagi muhim oʻzgarishlar haqidagi ma’lumotni;
- ragʻbatlantirishlar, tabriklar va boshqalar toʻgʻrisidagi ma’lumotni;
- tashkilotning barcha xodimlariga tegishli boʻlgan buyruq nusxalarini;
- kadrlar boʻlimining boshqa e’lonlarini.
Quyidagilarni joylashtirish tavsiya qilinmaydi:
- alohida xodimlarning manfaatlariga taalluqli buyruqlar;
- boshqa maxfiy ma’lumotlar.
Valeriya LYaNDRES,
«Norma» eksperti