Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Muddatli mehnat shartnomasini doimiy ravishda uzaytirish mumkinmi
«Xodim bilan 1 yilga mehnat shartnomasini tuzish va keyin uni doimiy ravishda uzaytirish mumkinmi?» Bu savolga aniq javob berish imkonsiz, chunki muddatli mehnat shartnomasini tuzish uchun oʻziga xos jihatlar mavjud.
Bunga qanday sharoitda yoʻl qoʻyish mumkinligini yangi MKni ishlab chiqish boʻyicha ekspertlar guruhi rahbari, yuridik fanlar nomzodi Mixail GASANOV va «Norma» eksperti, yurist Lenara Xikmatova izohlashdi.
Muayyan muddatga mehnat shartnomasini qachon tuzish mumkin
Qonuniy asoslarsiz, hatto xodimning roziligi boʻlganida ham hamma bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzish mumkin emas. Yangi MK muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi kerak boʻlgan
va uni xodim bilan kelishilgan holda tuzishga ruxsat berilgan aniq holatlarni belgilaydi
.
|
Muddatli mehnat shartnomasini qachon tuzish zarur (MK 112-m.) |
Tomonlarning kelishuviga koʻra muddatli mehnati shartnomasi tuzilishiga qachon yoʻl qoʻyiladi (MK 113-m.) |
|
ish joyi oʻzida saqlanib qoladigan, yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun |
mikrofirmalar yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻlgan ish beruvchilarga ishga kirayotgan shaxslar bilan |
|
vaqtinchalik (ikki oygacha) ishlarni bajarish vaqti uchun |
jismoniy shaxslar boʻlgan ish beruvchilarga shaxsiy xizmat koʻrsatish va uy xoʻjaligini yuritish boʻyicha yordam berish maqsadida ishga kirayotgan shaxslar (uy ishchilari) bilan |
|
tabiiy sharoitlar tufayli ish faqat muayyan davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin boʻlganda mavsumiy ishlarni bajarish uchun |
choʻldagi, baland togʻli, aholisi kam boʻlgan tumanlarda joylashgan tashkilotlarga ishga kirayotgan shaxslar bilan |
|
ish beruvchining odatdagi faoliyati doirasidan tashqariga chiqadigan ishlarni (rekonstruksiya qilish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlari va boshqa ishlar) bajarish uchun |
halokatlar, avariyalar, baxtsiz hodisalar, epidemiyalar, epizootiyalarning oldini olish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish, shuningdek ushbu va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun |
|
ishlab chiqarishni yoki ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmini oldindan ma’lum boʻlgan vaqtinchalik (bir yilgacha) kengaytirish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun |
madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar, shuningdek asarlarni yaratishda va (yoki) ijro etishda (namoyish etishda) ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan |
|
Ta’sis hujjatlariga binoan oldindan belgilangan muddatga tashkil etilgan tashkilotlarga ishga kirayotgan shaxslar bilan |
oʻz tashkiliy-huquqiy shakllaridan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tashkilotlarning rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari va bosh buxgalterlari, shuningdek, alohida boʻlinmalarning rahbarlari bilan |
|
ishning tamomlanishi aniq sana bilan belgilanishi mumkin boʻlmagan hollarda muddatli xususiyatga ega boʻlgan, oldindan belgilangan ishlarni bajarish uchun qabul qilinadigan shaxslar bilan |
kunduzgi oʻqitish shakli boʻyicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan |
|
ishlab chiqarishda oʻqitish shartnomasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarish, haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki stajirovkani oʻtash uchun |
oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar bilan |
|
mehnat organlari tomonidan vaqtinchalik xususiyatga ega boʻlgan ishlarga yoki haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan shaxslar bilan |
boshqa holatlarda MK va qonunga muvofiq |
|
muqobil xizmatni oʻtash uchun yuborilgan fuqarolar bilan |
|
|
Oʻzbekiston Respublikasiga uning hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan |
|
|
boshqa holatlarda MK va qonunga muvofiq. «Boshqa ish beruvchiga vaqtiincha xizmat safariga yuborish» kabi biz uchun yangi atama misol boʻla oladi. Yangi MKning 147-moddasiga muvofiq xodimni boshqa ish beruvchiga vaqincha xizmat safariga yuborishga Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun xodim xizmat safariga yuborilayotgan ish beruvchi bilan alohida muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. |
|
Koʻrib turganingizdek, Mehnat kodeksida muddatli mehnat shartnomasini tuzish uchun oddiygina "tomonlarning kelishuviga koʻra" kabi asos yoʻq. Agar xodim va ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasini rasmiylashtirish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishgan boʻlsa ham, bu faqat Mehnat kodeksining 112 va 113-moddalarida koʻrsatilgan ayrim hollarda amalga oshirilishi mumkin. Mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda, ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasini tuzishning toʻgʻriligini isbotlashi kerak. Aks holda, shartnoma noma’lum muddatga tuzilgan deb hisoblanadi
.
Shunday qilib, agar xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzish ishi Mehnat kodeksining 112 va 113–moddalarida sanab oʻtilgan lavozimlarga toʻgʻri kelsa, bu qonuniy boʻladi.
Muddatli mehnat shartnomasini keyinchalik uzaytirish bilan tuzish mumkinmi (6 oy, 1 yil va hokazo.)
Aytaylik, xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha muddatli mehnat shartnomasi oqilona, ya’ni Mehnat kodeksining 113-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda tuzilgan. Mehnat shartnomasining muddati tomonlarning kelishuviga koʻra ham belgilanadi. Bu 3 yil ichida istalgan davr boʻlishi mumkin. 3 yil – mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin boʻlgan maksimal muddat. Mehnat shartnomasining minimal muddati Mehnat kodeksida belgilanmagan. Muddat tugagandan keyin tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra mehnat shartnomasi muddatini uzaytirishga haqli. Ammo bu Mehnat kodeksining 113-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Keling, bunday vaziyatni tasavvur qilib koʻramiz. Xodim 1 yil muddatga bosh buxgalter lavozimiga qabul qilindi. Mehnat kodeksining 113-moddasi 1-qism 7-bandi boʻyicha tomonlarning kelishuviga koʻra bosh buxgalter bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi. Yil oxirida tomonlarning kelishuviga koʻra xodimni doimiy ravishda bosh buxgalter oʻrinbosari lavozimiga oʻtkazishga qaror qilindi. Bunday holda mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish uchun asos yoʻqoldi, chunki xodim endi bosh buxgalter emas, balki bosh buxgalter oʻrinbosari lavozimida. Demak, u bilan mehnat shartnomasi noma’lum muddatga tuzilgan deb hisoblanadi (Agar Mehnat kodeksining 113-moddasida keltirilgan boshqa asoslar boʻlmasa).
Muddatli mehnat shartnomasi qancha muddatga uzaytirilishi mumkin
Mehnat shartnomasining eng koʻp muddati yuqorida aytib oʻtilganidek 3 yil. Xodimni muddatli mehnat shartnomasi shartlari boʻyicha ishga qabul qilish orqali biz shartnoma muddatini 3 yildan ortiq belgilay olmaymiz, lekin uni uzaytira olamiz. Bunda, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, muddatli mehnat shartnomasining umumiy muddati 5 yildan oshmasligi kerak.
Shunday qilib, Mehnat kodeksi uzaytirishlar sonini cheklamaydi, lekin u uzaytirilganda mehnat shartnomasining umumiy muddatini cheklaydi. Shuning uchun mehnat shartnomasining dastlab belgilangan muddati muddatsiz vaqtga uzaytirilishi mumkin emas. Bu faqat 5 yil ichida amalga oshirilishi mumkin. Agar muddatli mehnat shartnomasining umumiy muddati uning uzaytirilishidan oldin va keyin 5 yildan oshsa, mehnat shartnomasi noma’lum muddatga tuzilgan deb tan olinadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Mikrofirma ish beruvchisi va xodim 2020 yil yanvar oyida oʻzaro kelishuvga koʻra 1 yilga muddatli mehnat shartnomasini tuzdilar. Tomonlarning kelishuviga koʻra bu muddat har yili 1 yilga uzaytiriladi.
Shartnomani oxirgi marta 1 yilga 2024 yil yanvar oyida uzaytirish mumkin. 2025 yilning yanvar oyida mehnat shartnomasining umumiy muddati 5 yilni tashkil qiladi.
2-misol
Mehnat shartnomasi dastlab 3 yilga tuzilgan. Ushbu davrdan keyin xodim va ish beruvchi uning amal qilish muddatini uzaytirishga kelishib oldilar.
Bunday holda shartnoma yana 2 yilga uzaytirilishi mumkin, shunda shartnomani uzaytirishdan oldin va keyin jami muddat 5 yildan oshmaydi. Agar muddat yana 3 yilga uzaytirilsa, shartnoma noma’lum muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Yuqoridagilarni umumlashtiramiz. Mehnat kodeksi mehnat shartnomasi muddatini quyidagi shartlarda uzaytirishga imkon beradi:
- muddatli mehnat shartnomasini tuzishga sabab boʻlgan holatlar yoʻqolmadi;
- xodim va ish beruvchi shartnomani uzaytirish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishdilar. Bundan homilador xodimalar mustasno. Ularning yozma arizasiga koʻra ish beruvchi mehnat shartnomasi muddatini homiladorlikning oxirigacha, homiladorlik va tugʻish ta’tilini taqdim qilishda esa bunday ta’til tugaguniga qadar uzaytirishi shart.
- muddatli mehnat shartnomasining jami davomiyligi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 5 yildan oshmaydi.