Vafot etgan xodimning ish haqi kimlarga berilishi kerak

preview

«Tashkilot xodimlaridan biri vafot etdi. Vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi miqdori foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiya bilan birga katta summani tashkil qildi. Buxgalteriya boʻlimi uni xodimning bevasiga berdi. Ammo ertasi kuni marhumning otasi pulni olgani kelib, sudga murojaat qilish bilan tahdid qilib ketdi».

Darhaqiqat, xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqini aynan kimga toʻlab berish kerakligini toʻgʻri belgilash muhimdir. Aks holda sudlashishgacha boradigan nizo yuzaga kelishi mumkin.

Vaziyatni kadrovik.uz iltimosiga koʻra yangi Mehnat kodeksini ishlab chiqish boʻyicha ekspertlar guruhi rahbari, yuridik fanlar nomzodi Mixail GASANOV va «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA izohlashdi.

 

Mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Mehnat kodeksining 255-moddasiga muvofiq xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila a’zolariga yoki xodim vafot etgan kunda marhumning qaramogʻida boʻlgan shaxsga beriladi.

E’tibor bering
Ushbu qoida sud tomonidan xodimning vafot etgan deb e’lon qilinganligi holatida ham qoʻllanilishi kerak .

 

Oila kodeksining 5-moddasiga muvofiq oila a’zolariga quyidagilar kiradi: er-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar). Bunda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida roʻyxatdan oʻtgan shaxslar er yoki xotin deb hisoblanadi. Tegishincha, diniy rusumlarga binoan tuzilgan nikohda boʻlgan ayol marhumning maoshini talab qila olmaydi .

Shuningdek, nikoh rasman bekor qilingan sobiq xotini, agar u vafot etgan kunga qadar xodim bilan birga yashagan taqdirda ham, «vafotidan keyingi» ish haqini olishga haqli emas.

Qaramogʻida boʻlganlar – bu xodimning toʻliq ta’minotida boʻlgan yoki undan olib turilgan moddiy yordam uning hayot kechirishi uchun  asosiy va doimiy manba boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar. Qaramogʻida boʻlganlik fakti fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, ish (xizmat) joyi ma’muriyati, ijtimoiy ta’minot boʻlimi tomonidan berilgan hujjatlar, shuningdek guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlanipsh mumkin .

 

Kim vafot etgan shaxsning ish haqini olishga koʻproq haqli

Mehnat kodeksida kimlar ish haqi olishning ustuvor huquqiga ega ekanligi haqida izoh yoʻq (misol uchun, xotin yoki marhumning ota-onasidan biri). Shuning uchun  xodimga tegishli boʻlgan ish haqini ish beruvchiga birinchi boʻlib murojaat qilgan va kerakli hujjatlarni taqdim qilgan oila a’zosi yoki qaramogʻidagi shaxsga berish mumkin deb hisoblaymiz.

Agar koʻrib chiqilayotgan vaziyatda xotini birinchi boʻlib pul uchun murojaat qilgan va kerakli hujjatlarni taqdim etgan boʻlsa, xavotirga oʻrin yoʻq. Siz unga vafot etgan erining ish haqini berib, qonunni buzmadingiz.

Toʻlovlarni olishga haqli ekanligini talab qiladigan qolgan qarindoshlarga esa  vafot etgan xodimning ish haqi uning xotiniga berilganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etishingiz mumkin.

Marhumning ish haqini olish uchun qarindoshi ish beruvchiga quyidagilarni taqdim qiladi:

  • erkin shaklda yozilgan yozma ariza: «Myen, Farmonova Nigora Azizovna, marhum Farmonov Davron Kamilovichning xotini,  vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqini va unga toʻlanadigan boshqa toʻlovlarni berishingizni soʻrayman»;
  • vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi (ish beruvchiga koʻrsatilganidan keyin qarindoshida qoladi) va vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi (ish beruvchida qoladi) ;
  • pasport yoki oluvchining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • marhum bilan qarindoshlik yoki uning qaramogʻida boʻlganligi faktini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma va boshqalar.).
E’tibor bering
Ish beruvchi vafot etgan xodimning ish haqini qarindoshiga tegishli ariza berilgan kundan e’tiboran yetti kalendar kundan kechiktirmay berishi kerak.

Vafot etgan xodimning ish haqi uning oila a’zosiga naqd pulda yoki plastik kartaga oʻtkazish yoʻli bilan berilishi mumkin. Ish haqi berilganligi toʻgʻrisidagi arizada qarindosh bu borada aniqlik kiritishi va pul mablagʻlarini aynan qaysi kartaga yuborish kerakligini, oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha tafislotlarni koʻrsatishi kerak. Ariza beruvchining pulni olganligi dalilini qayd etgan ma’qul. Bu pulni oluvchining arizasi yoki tilxati boʻlishi mumkin.  

 

Ish haqini bir nechta qarindoshlar oʻrtasida taqsimlash mumkinmi

Agar ish haqini olish uchun bir vaqtning oʻzida bir necha nafar oila a’zosi va qaramogʻida boʻlganlar kelgan boʻlsa yoki qolganlar tomonidan boʻladigan e’tirozlardan choʻchib hamma pulni bitta qarindoshga berishni xohlamasangiz, quyidagi variant qoʻl kelishi mumkin.  Boshqalarning yozma roziligini olgan holda pulni oila a’zolaridan biriga bering. Agar qarindoshlar ushbu masala boʻyicha bir fikrga kelolmasa va nizo kelib chiqsa, ular buni sudda hal qilishlariga toʻgʻri keladi.

Oila a’zolari yoki marhumning qaramogʻida boʻlgan shaxslar boʻlmagan taqdirda, tegishli summa meros tarkibiga kiritiladi va umumiy asoslarda meros qilib olinadi.

 

Foydalanilmagan ta’til  uchun kompensatsiya toʻlash kerakmi

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi . Xodimning vafoti esa – bu MKning 168-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan taraflarning xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishning asoslardan biri sanaladi. Demak, xodimning vafoti munosabati bilan mehnat munosabatlarini toʻxtatayotgan ish beruvchi xodim tomonidan foydalanilmagan ta’tillar uchun ham  kompensatsiya hisoblashi shart.

 

Xodim ishlab berilmagan ish yili uchun ta’tildan foydalangan boʻlsa-chi? Marhumning ish haqidan ta’til toʻlovi ushlab qolinadimi?

Mehnat kodeksi bu savolga aniq javob beradi. Xodimning vafoti munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda (u vafot etgan deb e’lon qilinganda) har yilgi ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun ushlab qolish amalga oshirilmaydi .

 

 

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda haq va boshqa toʻlovlar-haq toʻlash shartlari, haq va boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot oʻzbekistonda ish haqi va boshqa toʻlovlar, ish haqi, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda ish haqi va boshqa toʻlovlar. Oʻzbekistonda haq toʻlash va boshqa toʻlovlarning turli jihatlari haqida koʻproq bilib oling. Bu yerda siz ish haqi va boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot topishingiz mumkin. Ish haqi va boshqa toʻlovlar haqida barcha ma’lumotlar /oz/publish/doc/text195858_vafot_etgan_hodimning_ish_haqi_kimlarga_berilishi_kerak