Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
2022 yil tahriridagi Mehnat kodeksining 106-moddasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tavsiyaviy tusga ega boʻlgan mehnat shartnomalarining namunaviy shakllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Biroq bugungi kunga qadar bunday shakllar tasdiqlanmagan.
Yangi MKni ishlab chiqish boʻyicha ekspertlar guruhi rahbari, yuridik fanlar nomzodi Mixail GASANOV hamda «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA kadrovik.uz oʻquvchilari uchun asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasining umumiy namunaviy shaklini tuzishdi. Sizga u bilan tanishishni va uni tashkilotingizda ishlatiladigan shakl bilan taqqoslashni taklif qilamiz.
2022 yilda oʻzgartirilgan yangi Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini tuzish va rasmiylashtirish tartibi batafsil bayon etilgan.
Mehnat kodeksining 104-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasida bir qator majburiy shartlar va tomonlarning rekvizitlari boʻlishi kerak. Bundan tashqari, mehnat shartnomasida mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilanganiga nisbatan xodimning holatini yomonlashtirmaydigan qoʻshimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin.
Kadrlar boʻlimi xodimlari kelgusida salbiy oqibatlarning oldini olish uchun mehnat shartnomasining mazmuniga e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishlari hamda uni qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirishlari kerak.
Ish beruvchilar va xodimlarga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy va mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda namunaviy tusga ega boʻlgan mehnat shartnomalarining taxminiy shakllarini ishlab chiqishi kerak: shartnomaning umumiy shakli, masofadan turib ishlovchi xodim, yakka tartibdagi tadbirkor, mikrofirma ishchisi va hokazolar bilan tuziladigan shartnoma shakli. Biroq bugungi kunga qadar Vazirlar Mahkamasi bunday shakllarni tasdiqlamagan.
Yangi Mehnat kodeksini ishlab chiqish boʻyicha ekspertlar guruhi rahbari, yuridik fanlar nomzodi Mixail GASANOV hamda «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA tomonidan tuzilgan taxminiy mehnat shartnomasini tavsiya etamiz. Bu xodimning ish beruvchi-tashkilot yoki uning alohida boʻlinmasi bilan asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasining umumiy shakli. U xodimlarning alohida toifalari ishini huquqiy tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olmaydi.