Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Muddatli mehnat shartnomasini kim bilan tuzish mumkin, mehnat shartnomasi muddatlari qanday oʻzgardi, unga qanday shartlar kiritilishi shartligi va u qanday rekvizitlarga ega boʻlishi kerakligini kadrovik.uz iltimosiga koʻra yuridik fanlari nomzodi, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Mixail GASANOV izohlab berdi:
– Hozirgi vaqtda mehnat shartnomasini tuzishda ish beruvchi Mehnat kodeksining 73 va 74-moddalariga, shuningdek mehnat shartnomasini tuzish boʻyicha 11.03.1997 y. 133-sonli VMQ tavsiyalariga amal qiladi. Ish beruvchi mehnat shartnomalarini YaMMTda roʻyxatdan oʻtkaza turib YaMMT IDAKda Mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq harakat qiladi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini tuzish tartibi imkon qadar batafsil berilgan.
Mehnat shartnomasi shartlari
Birinchidan, mehnat shartnomasining qaysi shartlari majburiy, qaysilari esa qoʻshimcha boʻlishi mumkinligi belgilab qoʻyildi.
Quyidagilar mehnat shartnomasiga kiritilishi shart (10.28.2022 y. 798-sonli OʻRQ yangi tahrirdagi MK 104-m.):
2022 g.):
- ish joyi – ish beruvchi (tashkilot, uning alohida boʻlinmasi yoki jismoniy shaxs) va xodim ishlashi kerak boʻlgan hudud;
- mehnat vazifasi – ma’lum bir kasb, mutaxassislik, malaka yoki lavozim boʻyicha ishlash, shuningdek xodimga topshiriladigan aniq ish turi;
- ishni boshlash sanasi – xodim ishga kirishishi kerak boʻlgan kalendar sana;
- mehnatga haq toʻlash shartlari, shu jumladan – tarif stavkasi yoki ish haqi miqdori, shuningdek qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar;
- mehnat shartnomasi muddati, agar xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan boʻlsa va bunday shartnomani tuzish uchun asoslar;
- ish vaqti va dam olish vaqti rejimi, agar u tashkilotda koʻzda tutilgan umumiy rejimdan farq qilsa;
- normal sharoitlardan farq qiladigan sharoitlardagi ish uchun kafolatlar va kompensatsiyalar, agar xodim ushbu ishga ish joyidagi mehnat sharoitlarining xususiyatlarini koʻrsatgan holda qabul qilinayotgan boʻlsa;
- ishning oʻzga xos xususiyatidan kelib chiqadigan shartlar (koʻchma, sayyor, yoʻldagi, ishning boshqa xususiyati);
- mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa shartlar.
Masalan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 446-moddasiga muvofiq kasanachilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasida, sanab oʻtilganlardan tashqari, uy ishlariga xos boʻlgan quyidagi spetsifik shartlarni ham kiritish shart:
– asbob-uskunalar, inventarlarni taqdim qilish tartibi;
– tayyor mahsulotni qabul qilib olish va topshirish tartibi;
– ish beruvchining buyurtmasi bajarilishi munosabati bilan foydalanilgan energiya, suv, aloqa uchun kasanachining xarajatlarini qoplash (kompensatsiya toʻlash) tartibi va boshqalar.
Quyidagilar bilan asoslangan mehnat shartnomasi shartlari qoʻshimcha boʻlishi mumkin:
- tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari yoki xodimning mehnat vazifasi. Masalan, davlat sirlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni oshkor qilmaslik sharti;
- xodimga va uning oila a’zolariga taqdim qilinadigan kafolatlar. Masalan, xodimni qoʻshimcha sugʻurta qilish shartlari va turlari, xodim va uning oila a’zolari uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar.
Shuningdek, quyidagi shartlarni qoʻshimcha ravishda kelishish mumkin:
- kasblar va lavozimlarni birga olib borish toʻgʻrisida;
- ishga qabul qilishda dastlabki sinov haqida;
- agar oʻqitish ish beruvchining hisobidan amalga oshirilgan boʻlsa, xodimning shartnomada belgilangan muddat davomida oʻqishdan soʻng ishlab berish majburiyati toʻgʻrisida.
Bundan tashqari, zarurat boʻlganda quyidagilarni aniqlashtirish mumkin:
- joylashgan manzili koʻrsatilgan tarkibiy boʻlinma. Masalan, xodim aynan qaysi ishlab chiqarish sexida mehnat qiladi – qandolat mahsulotlari, sut mahsulotlari va boshqalar.
- ish joyi. Masalan, haydovchiga ma’lum bir transport vositasi biriktirilgan taqdirda, mehnat shartnomasida uning markasi va davlat raqami koʻrsatiladi;
- xodimning mehnat shartlariga muvofiq huquq va majburiyatlari.
Mehnat shartnomasining shakli
Mehnat shartnomasi, hozirgi vaqtdagi kabi, bir xil kuchga ega boʻlgan kamida 2 nusxada yozma ravishda tuziladi. Har bir nusxa ikkala taraf tomonidan imzolanadi (10.28.2022 y. 798-sonli OʻRQ yangi tahrirdagi MK 106-m.).
Bunda xodim oʻziga tegishli nusxani olganligini ish beruvchining nusxasida alohida imzo bilan tasdiqlaydi.
Mehnat shartnomasi rekvizitlari
Yangi Mehnat kodeksining 107-moddasida mehnat shartnomasida taraflarning qanday rekvizitlari boʻlishi kerakligi belgilangan:
1) Xodimning rekvizitlari:
- F.I.O.;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- yashash yoki turgan joyining manzili va u bilan bogʻlanishga doir ma’lumotlar;
- STIR, JShShIR (mavjud boʻlganda), shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi raqami.
2) Ish beruvchining rekvizitlari:
- ish beruvchining nomi. Bunda agar ish beruvchi:
– tashkilot boʻlgan taqdirda, – tashkilot nomi koʻrsatiladi;
– tashkilotning alohida boʻlinmasi (filial, vakolatxona), – ushbu boʻlinmaning nomi;
– jismoniy shaxs, – uning F.I.O. va pasport ma’lumotlari (ID karta ma’lumotlari);
– yakka tartibdagi tadbirkor, – uning F.I.O., pasport ma’lumotlari (ID karta ma’lumotlari), davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi;
- ish beruvchining mehnat shartnomasini imzolagan vakili haqidagi ma’lumotlar va agar tashkilot yoki uning alohida boʻlinmasi ish beruvchi boʻlsa, vakilga tegishli vakolatlar berilganligining asosi;
- ish beruvchi joylashgan joy (pochta manzili) – tashkilot yoki uning alohida boʻlinmasi, ish beruvchi – jismoniy shaxsning yashash joyi yoki turgan joyi manzili;
- STIR (yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslar – ish beruvchilar bundan mustasno);
- ish beruvchilar - tashkilotlar yoki ularning alohida boʻlinmalari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank rekvizitlari –;
- ish beruvchi bilan bogʻlanishga doir ma’lumotlar (telefon raqamlari, elektron pochta manzili va boshqalar).
Agar rekvizitlardan birortasi kiritilmagan boʻlsa, ular mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali belgilanadi.
Mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish
YaMMT IDAKda mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish (tuzish, bekor qilish, shuningdek oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish) sharti mustahkamlab qoʻyilgan (28.10.2022 y. 798-sonli OʻRQ yangi tahrirdagi MK 109-m.).
Muddatli mehnat shartnomasi
Hozirda muddatli mehnat shartnomasini tuzish Mehnat kodeksining 76-moddasi bilan tartibga solinadi. Unda muddatli mehnat shartnomalarini tuzishga yoʻl qoʻyiladigan faqat 3 ta holat nazarda tutilgan.
Kodeksning yangi tahririda ushbu roʻyxat kengaytirilgan (28.10.2022 y. 798-sonli OʻRQ yangi tahrirdagi MK 113-m.). Bundan tashqari, aynan muddatli mehnat shartnomalari tuzilishi kerak boʻlgan holatlar belgilangan (28.10.2022 y. 798-sonli OʻRQ yangi tahrirdagi MK 112-m.):
|
Muddatli mehnat shartnomasi qachon TUZILADI
|
Tomonlarning kelishuvi boʻyicha muddatli mehnat shartnomasini tuzishga qachon YOʻL QOʻYILADI
|
|
Ish joyi oʻzida saqlanib qoladigan, yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqtiga |
Mikrofirmalar yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻlgan ish beruvchilarga ishga kirayotgan shaxslar bilan |
|
Vaqtinchalik (2 oygacha) ishlarni bajarish vaqtiga |
Jismoniy shaxslar boʻlgan ish beruvchilarga shaxsiy xizmat koʻrsatish va uy xoʻjaligini yuritish boʻyicha yordam berish maqsadida ishga kirayotgan shaxslar (uy ishchilari) bilan |
|
Tabiiy sharoitlar tufayli ish faqat muayyan davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin boʻlganda mavsumiy ishlarni bajarish uchun |
Choʻldagi, baland togʻli, aholisi kam boʻlgan tumanlarda joylashgan tashkilotlarga ishga kirayotgan shaxslar bilan, agar bu ish joyiga koʻchib oʻtish bilan bogʻliq boʻlsa. Bunday tumanlarning roʻyxati hukumat tomonidan belgilanadi |
|
Ish beruvchining odatdagi faoliyati doirasidan tashqariga chiqadigan ishlarni (rekonstruksiya qilish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlari va boshqa ishlar) bajarish uchun |
Halokatlar, avariyalar, baxtsiz hodisalar, epidemiyalar, epizootiyalarning oldini olish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish, shuningdek ushbu va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun |
|
Ishlab chiqarishni yoki ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmini oldindan ma’lum boʻlgan vaqtinchalik (bir yilgacha) kengaytirish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun |
|
|
Ta’sis hujjatlariga binoan oldindan belgilangan muddatga tashkil etilgan tashkilotlarga ishga kirayotganda
|
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz tashkiliy-huquqiy shakllaridan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tashkilotlarning rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari va bosh buxgalterlari, shuningdek ular alohida boʻlinmalarning rahbarlari bilan.
Lekin istisnolar mavjud. Masalan, AJ direktori bilan 3 yilga muddatli shartnoma tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi, balki buyruq beriladi – uni uzaytirish yoki bekor qilish imkoniyati toʻgʻrisida yillik qaror qabul qilish bilan |
|
Ishning tamomlanishi aniq sana bilan belgilanishi mumkin boʻlmagan hollarda muddatli xususiyatga ega boʻlgan, oldindan belgilangan ishlarni bajarish uchun qabul qilinadigan shaxslar bilan |
Kunduzgi oʻqitish shakli boʻyicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan |
|
Ishlab chiqarishda oʻqitish shartnomasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarish, haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki stajirovkani oʻtash uchun |
Oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar bilan |
|
Mehnat organlari tomonidan vaqtinchalik xususiyatga ega boʻlgan ishlarga yoki haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan shaxslar bilan
|
Boshqa hollarda Mehnat kodeksi yoki boshqa qonunga muvofiq. E’tibor bering! Ushbu holatlar qonunosti hujjatlari bilan emas, balki qonun bilan nazarda tutilishi kerak (ya’ni–hukumat qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining buyruqlari va qarorlari hamda boshqalar bilan emas) |
|
Muqobil xizmatni oʻtash uchun yuborilgan fuqarolar bilan |
|
|
Mamlakatga uning hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan |
|
|
Boshqa hollarda MK yoki boshqa qonunga muvofiq. Masalan, MK 147-m. muddatli mehnat shartnomasi bilan xizmat safariga yuborish MKning 147-m. muvofiq xodimni boshqa ish beruvchining oldiga 1 yildan oshmaydigan muddatga yuborishga faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Buning uchun xodim xizmat safariga yuborilayotgan ish beruvchi bilan alohida muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. |
|
Mehnat shartnomasi muddati
Muddatli mehnat shartnomasining maksimal muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi (10.28.2022 y. 798-sonli OʻRQ yangi tahrirdagi MK 110-m.).
Mehnat shartnomalari tuzilishi mumkin boʻlgan muddatlar roʻyxatidan «muayyan ishni bajarish vaqtiga» pozitsiyasi chiqarib tashlandi. Biroq, bunday shart bilan mehnat shartnomasini tuzish imkoniyatining oʻzi bekor qilinmadi. Bu yangi Mehnat kodeksining 114-moddasidan kelib chiqadi, unda mehnat shartnomasi muddatini aniqlash usullari koʻrsatilgan. Shunday qilib, mehnat shartnomasining muddati quyidagicha aniqlanishi mumkin:
- mehnat shartnomasi muddatining umumiy davomiyligini kunlar, oylar, yillarda koʻrsatish bilan. Masalan: ushbu shartnomaning amal qilish muddati 1 (bir) yil, 3 (uch) oy, 30 (oʻttiz) kun;
- mehnat shartnomasi boʻyicha ish boshlanishining kalendar sanasi va mehnat shartnomasi muddati tugagan kalendar sanasini koʻrsatish bilan. Masalan:
- ushbu shartnomaning amal qilish muddati 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 martgacha;
- ushbu shartnomaning amal qilish muddati: boshlanishi - 2022 yil 1 noyabr, tugashi - 2023 yil 1 mart;
- tugashi bilan mehnat shartnomasi muddati tugaydigan hodisani belgilash (ob’yektni ishga tushirish, vaqtincha ishda yoʻq boʻlgan xodimning oʻrniga ishlab turish uchun boshqa xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilganda ushbu xodimning ishga chiqishi va hokazo). Masalan: ushbu shartnomaning amal qilish muddati: boshlanishi – 2022 yil 1 noyabr, tugashi - ushbu shartnomada koʻrsatilgan lavozimni egallab turgan Ye. A. Ochilovaning bola parvarishi ta’tilidan ishga chiqish sanasi.
Agar muddatli mehnat shartnomasining umumiy muddati muddati uzaytirilgunga qadar va undan keyin 5 yildan oshsa, mehnat shartnomasi noma’lum muddatga tuzilgan deb e’tirof etiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
"Norma" eksperti Lenara Hikmatova tayyorladi
