Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ish beruvchi bir tomonlama tartibda ta’tilni qismlarga boʻlishga haqlimi
«Tashkilot rahbariyati ishlab chiqarish xodimlariga toʻlaqonli ta’til bermay, uni qismlarga boʻlish va ta’tilning bir qismini noqulay vaqtda olishga majbur qilmoqda. Bu qonuniymi? Ushbu masalani hal qilish uchun qayerga murojaat qilish va rahbariyatga qanday ta’sir oʻtkazish mumkin?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Yoʻq, noqonuniy.
Xodim bir vaqtning oʻzida har yilgi umumiy davomiylikdagi ta’til olishga yoki ish beruvchi bilan kelishuvga koʻra (!) yilda bir necha bor dam olishga – ta’tilni qismlarga boʻlishga haqli
. Ish beruvchi xodimni mehnat ta’tilini boʻlishga majburlashga haqli emas.
Bunda hech qanday qoʻshimcha hujjatlarni rasmiylashtirishning keragi yoʻq. Ta’tildan qismlarga boʻlib foydalanish masalasi kalendar yil uchun ta’tillar jadvalini tuzishda ham, xodimga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’til berishda ham hal qilinishi mumkin. Agar ta’tilni qismlarga boʻlish haqidagi qaror ikkala tomondan ta’tillar jadvali allaqachon tasdiqlangan vaqtda qabul qilinsa, ish beruvchi quyidagi hatti-harakatlarni amalga oshiradi:
- xodimga u e’lon qilgan ta’tilning bir qismini berish toʻgʻrisida alohida buyruq (farmoyish) chiqaradi;
- ta’tillar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritadi.
Qonun ta’tilni nechta qismlarga boʻlish mumkinligini belgilamaydi. Biroq, uning qismlaridan biri oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi lozim
. Qolgan qismi esa xodim va ish beruvchining xohishiga koʻra, kamroq davomiylikdagi qismlarda taqdim etilishi mumkin.
Ta’tilni qismlarga boʻlishda, uni haddan tashqari boʻlib yuborishni tavsiya qilmaymiz, chunki xodim qisqa muddatli ta’til davomida toʻlaqonli dam ololmaydi.
Keyingi kalendar yil uchun ta’tillar jadvalini tuzayotib, ushbu jihatlarni hisobga oling va ta’til berish masalasini rahbariyat va xodimlarning oʻzaro manfaatlarini hisobga olgan holda hal qiling.
❖
Shuningdek oʻqing, ish beruvchi ta’tilni qismlarga boʻlib taqdim etmasligi mumkinmi
Valeriya LYaNDRES yangiladi