Farrosh va hovli supuruvchining ishi qanday tartibga solinishi mumkin

preview

«Farroshlar va hovli supuruvchilar uchun tozalanadigan maydonning qandaydir me’yorlari bormi? Farroshning vazifalariga tozalashning aynan qaysi turlari kiradi? Pollarni yuvishdan tashqari, deraza, eshik va hokazolarni yuvishni buyurish mumkinmi? Qanday davriylik bilan?»

Savollarga «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Oʻzbekistonda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarni yuritish normativlari va shartlari belgilangan .

Xonani tozalovchi bitta farrosh uchun 800 kv. metr tozalash maydoni, bitta hudud tozalovchisi (koʻcha supuruvchi) uchun – 2,5 ming kv. metr tozalanadigan hudud belgilangan.

Ma’lumot uchun, xoʻjalik boshqaruvi organlari – bu quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy shakllarda yaratiladigan xoʻjalik birlashmalari: 

  • tarkibiga kiruvchi korxonalarning xoʻjalik birlashmasiga tegishli boʻlgan aksiya paketlari orqali ana shu korxonalarning xoʻjalik boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari;
  • muassis-korxonalar tomonidan ular faoliyatiga koʻmaklashish uchun muassis-korxonalarning aksiyalari paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy vazifalarni ularga topshirish yoʻli bilan ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadigan assotsiatsiyalar.

Shuningdek qarang davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari roʻyxati.

 

Davlat va boshqaruv organlari roʻyxatiga kirmagan boshqa tashkilotlar uchun bunday me’yorlar  mavjud emas. Shuning uchun har bir farroshga xizmat koʻrsatiladigan maydon va yuklama hajmini belgilashda ish beruvchilar oʻz xohishiga koʻra harakat qilishi mumkin.

Real vaziyatni va yondosh omillarni hisobga oling. Quyidagi masalalarni hal qiling:  

  • kun davomida qisman yoki toʻliq band boʻlish;
  • aynan qanday tozalash talab etiladi: faqat pollarni yoki derazalar, devorlar, eshiklar, gilamlar va yumshoq mebellarni yuvish va hokazo.

Xuddi shunday tarzda tozalash davomiyligi masalasini hal qiling. 

Bu masalada kasaba uyushmasi yoki xodimlarning vakillik organi bilan maslahatlashing, agar kompaniyada bunday organ mavjud boʻlsa. 

Tozalovchining vazifasini lavozim (ish) yoʻriqnomasida belgilang. Agar bunday yoʻriqnoma boʻlmasa,  mehnat shartnomasida tozalovchining toʻliq funksional majburiyatlari roʻyxatini koʻrsating.

 

 

 

 

Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari – kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat hujjatlarini mehnat bilan olib borish oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari, kadrlar hujjatlari, mehnat hujjatlari Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari. Kadrovik.uz saytidan Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari haqida maqolalar topiladi. Bu yerda kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish haqida foydali ma’lumotlar berilgan. Bu yerda Oʻzbekistonda mehnat hujjatlarini tuzish toʻgʻrisida ma’lumot berildi. Hamma mehnat shartnomalarini tuzish toʻgʻrisida /oz/publish/doc/text196602_tozalikka_masul_hodim_va_farroshning_ishi_qanday_tartibga_solinadi1