Iyul oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
BHM, MHTEKM va PHBM yangi miqdorlari: qachon amal qila boshlaydi va хodimlarga toʻlovlar qanday oʻzgaradi

Prezident Farmoni bilan BHM, MHTEKM va PHBM miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorlari oshiriladi. Oʻzgarishlar nimalarga taalluqli boʻlgani va ular qachon amal qila boshlashi haqida kadrovik.uz nashrida batafsil oʻqing. Bundan tashqari, nashrda toʻlovlar miqdori qanday oʻzgarganini va oʻzgarishlar qaysi sanadan kuchga kirishi aniq koʻrsatilgan qulay jadvallar mavjud.
BHM, MHTEKM va PHBM miqdorlari qanday oʻzgaradi
03.06.2025 yildagi Prezident Farmoni bilan pensiyalarni hisoblashning, eng kam mehnat haqining, hisoblash miqdorining yangi bazaviy miqdorlari belgilanadi. Jadvalda batafsil koʻrib chiqamiz.
Bazaviy miqdor |
Avvalgi miqdori |
Yangi miqdori |
Oʻzgarishlar qachon kuchga kiradi |
Pensiyalarni hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM |
428 000 soʻm. |
471 000 soʻm |
2025 yil 1 iyul |
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM) |
1 155 000.00 soʻm. |
1 271 000 soʻm. |
2025 yil 1 avgust |
Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) |
375 000 soʻm |
412 000 soʻm |
Oʻqivni tavsiya qilamiz
Ish haqi, nafaqalar, pensiyalar va stipendiyalar miqdorlari qanday oʻzgaradi
03.06.2025 yildagi Prezident Farmoni bilan 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining 10 foizga oshirilishi belgilandi. Bundan tashqari, 1 iyuldan boshlab quyidagilar ham 10%ga oshiriladi va yangi miqdorlari belgilanadi:
- yoshga doir pensiyalar;
- nogironlik pensiyalari;
- bolalar nafaqalari;
- moddiy yordam.
Jadvalda batafsil koʻrib chiqamiz.
Toʻlov turi |
Miqdori |
Oʻzgarishlar qachon kuchga kiradi |
Yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori |
918 000 soʻm. |
2025 yil 1 iyuldan |
Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori |
1 012 000 soʻm. |
|
Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqori |
420 000 soʻm. |
|
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori |
– 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun: 360 000 soʻm; – oiladagi ikkinchi farzand uchun qoʻshimcha: 165 000 soʻm; – oiladagi uchinchi va keyingi har bir farzand uchun: 110 000 soʻm. |
Kadrovik.uz tavsiya qiladi