Noyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirining soʻzlariga koʻra, yaqin orada kichik biznes mehnat shartnomalarini onlayn rasmiylashtirishi mumkin boʻlgan platforma ishga tushiriladi. Bu hujjatlar aylanishini sezilarli darajada soddalashtiradi va yangi хodimlarni rasmiylashtirish vaqtini qisqartiradi. Bundan tashqari, bu mehnat shartnomasini bekor qilish tartib-taomiliga ham taalluqlidir. Kichik biznes yangi funksiyalardan qanday sharoitlarda foydalanishi mumkin – keyingi oʻrinlarda oʻqing.
Nimalarni oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
25 iyul kuni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri yaqin orada kichik biznes yangi elektron platforma funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishini ma’lum qildi. Xodimlar soni 50 nafargacha boʻlgan kompaniyalar mehnat shartnomalarini onlayn tarzda tuzishi va bekor qilishi mumkin boʻladi. Bu хodimlarning asosiy kadrlarga oid tartib-taomillarni rasmiylashtirish uchun vaqt va mehnat sarfini sezilarli darajada qisqartiradi. Kichik biznes uchun onlayn shartnomalarga oʻtish – bu malakali kadrlar yetishmasligini kamaytirishga qaratilgan bandlik sohasidagi keng koʻlamli islohotning bir qismidir.
Oʻqishni tavsiya qilamiz
Hozir nima qilish kerak
Platformaning aniq ishga tushish sanasi hali e’lon qilinmagan boʻlsa-da, oʻzgarishlarga moslashish imkon qadar samarali boʻlishi uchun hozirdan ba’zi choralarni koʻrishni maslahat beramiz. Kadrovik PRO ekspertlari platforma ishga tushirilgunga qadar quyidagilarni maslahat berishadi:
- Oʻzbekistonda elektron hujjat aylanishi qoidalarini oʻrganish va onlayn shartnomalarni rasmiylashtirish va bekor qilishga oʻtishga tayyorgarlikni boshlash;
- ishga qabul qilish, хodimlarning shaхsga doir ma’lumotlariga ishlov berish va ularni saqlash, shuningdek mehnat munosabatlarini bekor qilish talablari bilan yana bir bor tanishib chiqish;
- platformada mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish va bekor qilish uchun mas’ul boʻladigan хodimni tayinlash va tayyorlash;
- zarur boʻlsa, хodimlarni platformada ishlashda kerak boʻlishi mumkin boʻlgan asosiy koʻnikmalarga oʻrgatish.
Oʻqishni tavsiya qilamiz
- Kadrlar ishini yuritishfaoliyatini qanday tashkil etish kerak
- Kadrlarga oid hujjatlar qanday saqlanadi
- Kadrlarga oid ish yuritish elektron formatda qanday tashkil etiladi
- Kompaniyada kim kadrlarga oid ish yuritish uchun mas’ul etib tayinlanadi
- Xodimlarning shaхsga doir ma’lumotlari qanday saqlanadi va ulardan qanday foydalaniladi
Onlayn platformani ishga tushirish, shuningdek unda ishlash boʻyicha tavsiyalar va batafsil tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kadrovik.uz telegram-kanaliga obuna boʻling va e’lonlarni kuzatib boring.
Ayni paytda mehnat shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish va ularni bekor qilish YaMMTda (my.mehnat ) amalga oshirilmoqda, ushbu hujjatlarni platformada roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha Kadrovik PRO ekspertlarining tushuntirishlari bilan yana bir bor tanishib chiqishni tavsiya etamiz. Kelgusidagi muhim e’lon va tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kadrovik.uz telegram-kanaliga obuna boʻling.