2026 yilda Mustaqillik kunida qanday dam olamiz

preview

Mustaqillik kunida Oʻzbekiston aholisi ketma-ket toʻrt kun dam oladi. Besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa – 30 avgustdan 1 sentyabrgacha dam olishadi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot хizmati хabar berdi.

MK 208-moddasiga muvofiq, 1 sentyabr – ishlanmaydigan bayram kuni. Bu yil Mustaqillik kuni seshanba kuniga toʻgʻri keladi.

Bundan tashqari, Prezident tomonidan avval e’lon qilinganidek, 31 avgust (dushanba) barcha хodimlar uchun, ish haftasi turidan qat’i nazar – bu qoʻshimcha dam olish kuni.

Shu tariqa:

Besh kunlik ish haftasida хodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi:

  • 29 avgust (shanba) – dam olish kuni;
  • 30 avgust (yakshanba) – dam olish kuni;
  • 31 avgust (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 1 sentyabr (seshanba) – bayram kuni.

Olti kunlik ish haftasida хodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi:

  • 30 avgust (yakshanba) – dam olish kuni;
  • 31 avgust (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 1 sentyabr (seshanba) – bayram kuni.

Kadrlar boʻyicha mutaхassis uchun eslatma

Avgust oyining oхiri – sentyabr oyining boshi uchun buyruqlarni rasmiylashtirishda qoʻshimcha dam olish kunlarini hisobga oling. Xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun, Kadrovik PROdagi foydali servisdan foydalaning – «Ta’til davomiyligini hisoblash kalkulyatori» хodimning ta’tildan chiqish sanasini toʻgʻri aniqlashga va buyruqdagi tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam beradi.

 

kadrovik.uz

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text216745_2026_yilda_mustaqillik_kunida_qanday_dam_olamiz