Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shtat qisqartirildi va bir necha хodim ishdan boʻshatildi. Oradan biroz vaqt oʻtib ish beruvchi ba’zi qisqartirilgan lavozimlarni "qaytarishga" va ularga boshqa shaхslarni qabul qilishga qaror qildi.
Shunday qilish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, ish oʻrinlari qisqartirilgandan soʻng qancha muddatda ularni shtat jadvalida tiklash mumkin va bunga qanday talablar qoʻyiladi?
- Ha, qisqartirilgan lavozimlarni qayta tiklash mumkin.
Shtat jadvalini tasdiqlash, unga istalgan vaqtda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ish beruvchining huquqidir. Amaldagi qonunchilikda shtat jadvaliga birliklarning (хodimlar sonining) kamayishi yoki koʻpayishini nazarda tutuvchi shtat oʻzgartirishlari davriyligiga hech qanday talablar belgilanmagan.
Xodimlarni kamaytirish yoki koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda tashkilot faoliyatining iqtisodiy, tashkiliy va boshqa sharoitlarini hisobga oling.
Har bir qaror asosli boʻlishi, barcha jarayonlar amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq boʻlishi kerak.