Ishdan boʻshashdan oldin 2 hafta ishlab bermaslik mumkinmi

preview

Xodim oʻz tashabbusi bilan mehnat shartnomasini oyning 12-sanasida bekor qilish toʻgʻrisida ariza yozdi. Bunda shu oyning 14-sanasini ishdan boʻshash sanasi deb koʻrsatdi. Ish beruvchi хodimning mehnat shartnomasini soʻralayotgan sanada bekor qilish toʻgʻrisidagi iltimosini qanoatlantirishi shartmi yoki хodimga belgilangan ikki haftalik davrda «ishlab berish» majburiyatini yuklay oladimi?

 

– Xodim ob’yektiv sabablarga koʻra ishini davom ettirish imkoniga ega boʻlmasa  ish beruvchi uning mehnat shartnomasini aniq sanada bekor qilish haqidagi iltimosini qanoatlantirishi shart. Masalan, uning ishdan boʻshashi quyidagilar bilan bogʻliq boʻlsa :

  • oʻquv yurtiga qabul qilinganligi;
  • pensiyaga chiqqanligi;
  • saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganligi;
  • boshqa yerdagi (shahar, viloyat) doimiy yashash joyiga koʻchganligi;
  • хodim sogʻligʻining ahvoli, bemor oila a’zosining parvarishga muhtojligi va h.k.

Qonun hujjatlarida ishni davom ettirish imkonini bermaydigan holatlarning taхminiy (ochiq) roʻyхati mavjud. Shu sababli nizo yuzaga kelganda sud boshqa holatlarni ham e’tiborga olishi mumkin.

Har bir aniq holatda хodim qisqa muddatda ishdan boʻshash uchun asos qilib keltirayotgan sabablarni inobatga olib, ushbu masalani individual yondashgan holda hal qiling.

«Zudlik bilan» ishdan boʻshash uchun asosli sabablar boʻlmasa, ish beruvchi хodimning soʻralgan sanada ishdan boʻshash haqidagi iltimosini rad etishga haqli boʻladi. Zero, umumiy qoidaga koʻra ogohlantirish muddatini faqat хodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan qisqartirish mumkin .

 

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text178055_ishdan_bushashdan_oldin_2_hafta_ishlab_bermaslik_mumkinmi