Boʻsh ish oʻrinlari haqida hisobot topshirish

preview

«Fevral oyining boshida tashkilotda ikkita boʻsh ish oʻrni paydo boʻldi. Ularni mahalliy mehnat organiga topshiriladigan boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi haqidagi hisobotga kiritishimiz kerakmi? Bu joylarga nomzodlarimiz bor, ular suhbatdan oʻtmoqda».

Savolga «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– «Tashkilotda boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni mehnat organlariga taqdim etish tartibi maxsus Nizom – AV roʻyxat raqami 858, 22.12.1999 y. bilan belgilangan. 

Uning 4-b. muvofiq, ish beruvchi boʻsh ish oʻrinlari haqidagi axborotni har oyda – hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishi kerak. Ushbu ma’lumotlar har bir hisobot oyining oxiridagi holatga koʻra beriladi.

Ya’ni 5 fevralgacha (5 fevral ham kiradi) yanvar oyining oxiridagi holatga koʻra hisobot topshirasiz. Tegishincha, tashkilotda fevral oyining boshida boʻsh ish oʻrinlari paydo boʻlgan boʻlsa, ular 5 martgacha topshirilishi kerak boʻlgan keyingi hisobotga kiritiladi. Bu paytgacha nomzodlaringizni ushbu oʻrinlarga rasmiylashtirishga ulgurmasangiz, albatta.

Biroq, tashkilotda yuzaga kelgan boʻsh ish oʻrinlari haqidagi axborot my.mehnat.uz saytida Yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT) avtomatik ravishda aks ettirilishini inobatga oling. Bu ish beruvchi Aholi bandligiga koʻmaklashish markazidan nomzodlar yoʻllashlarini kutishi kerakligini anglatmaydi. Tashkilot boʻsh ish oʻrinlariga nomzodlarni mustaqil ravishda izlash va ishga qabul qilishga haqli. Shu sababli hisobotda koʻrsatilgan boʻsh ish oʻrniga nomzodni yoʻllasalar, mehnat organiga boshqa shaxsni ishga qabul qilganingizni ma’lum qiling».

Eslatib oʻtamiz

Ish beruvchilar mehnat organiga quyidagilarni taqdim etishlari kerak:

  • boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni – har oyda;
  • xodimlarni MK 102-m. 1-b. va 7-b. asosan boʻlajak ishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi axborotni ishdan ozod etishdan kamida 2 oy oldin. Bunda koʻrsatilgan asoslarga koʻra qancha xodim ishdan ozod etilishi ahamiyatga ega emas.

Boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni va xodimlarni boʻlajak ishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi axborotni mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslar majburiy tartibda beradilar. Kichik tadbirkorlik sub’yektlari bundan mustasno. Ular hisobotni ixtiyoriy ravishda topshiradilar».


Ishga qabul qilish - Oʻzbekistonda ishga qabul qilish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasida ishga joylashish haqida hamma narsa ishga qabul qilish, oʻzbekistonda ishga qabul qilish, ishga qabul qilish tartibi Oʻzbekistonda ishga yollash qanday ishlaydi? Bu yerda siz Oʻzbekiston Respublikasida ishga qabul qilish tartibi haqida maqolalar bilan tanishasiz. Oʻzbekistonda mehnat shartnomalarini tuzish va ishga qabul qilish qoidalari haqida hamma narsa kadrovik.uz saytida /oz/publish/doc/text178337_bush_ish_urinlari_haqida_hisobot_topshirish