Xodim bir necha yildan buyon mehnat ta’tiliga chiqmagan

preview

Kompaniyada muhim oʻrin tutuvchi xodimlardan biri ishlab chiqarish  sabablariga koʻra mehnat ta’tillaridan foydalanmaydi: uning oʻrnini bosadigan odam yoʻq. Bu ish beruvchi uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

 

– Ish beruvchi har bir xodimga har yili – u berilayotgan ish yili tugagunga qadar mehnat ta’tilini berishi shart .  Ishlab chiqarish sabablariga koʻra joriy yilda ta’tilni toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning 12 ish kunidan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin .

Ya’ni, qonunga koʻra ta’tilni toʻliq holda emas, balki 12 ish kunidan ortiq boʻlgan qismini keyingi ish yiliga koʻchirish mumkin.

Masalan, xodimning yillik asosiy ta’til muddati 15 ish kunidan iborat boʻlsa, xodimning roziligi bilan faqat 3 ish kunini keyingi ish yiliga koʻchirish mumkin. Ish beruvchi ta’tilning 12 ish kunini xodimga joriy ish yilida berishi shart (15 – 12 = 3).

 

Ish beruvchi uchun oqibatlar  

Xodimlarni oʻz vaqtida qonuniy ta’tilga chiqarish – ish beruvchining majburiyati. Uni bajarmaganlik uchun mansabdor shaxs MJTKning 49-m. boʻyicha 5–10 BHM miqdoridagi jarima koʻrinishida ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Qanday tuzatiladi

Qonunchilikda oldin foydalanilmagan ta’tillardan foydalanish muddatlari borasida cheklovlar belgilanmagan.

Yigʻilib qolgan ta’tillar «kuyib ketmaydi», xodim ulardan foydalanish huquqini saqlab qoladi. U kalendar yil davomida turli ish yillari uchun bir nechta ta’tildan bir yoʻla foydalanishi mumkin.

Bu yerda MKning 140-m.[U4]  bilan belgilangan ta’tillarning umumiy muddatini 48 ish kunidan oshirmaslik haqidagi cheklov qoʻllanmaydi. Ushbu qoida faqat yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha ta’tillarni yillik asosiy ta’tilga qoʻshib jamlash chogʻida amal qiladi.

Xodimning xohishiga koʻra har bir foydalanilmagan ta’tilning bir qismi uchun MK 151-m. qoidalariga koʻra pullik kompensatsiya toʻlash mumkin. Biroq foydalanilmagan ta’til muddati 15 ish kunidan oshgan taqdirdagina ish beruvchi pullik kompensatsiya toʻlashga haqli boʻladi. Kompensatsiya ta’tilning 15 ish kunidan ortiq qismi uchungina toʻlanadi. Xodim har bir foydalanilmagan ta’tilning ushbu 15 kunidan «belgilangan maqsadga koʻra» – aynan dam olish kunlari sifatida foydalanishi kerak.

Misol uchun, xodimning yillik asosiy ta’til muddati – 24 ish kuni. Xodim soʻnggi 2 ish yili uchun ta’til olmagan. Ya’ni, umumiy hisobda 48 ish kuni. U ushbu kunlarni toʻliq ta’til qilib olmoqchi emas, balki bir qismini pul kompensatsiyasiga almashtirish niyatida. Bu holda MK 151 moddasiga koʻra xodimga asli holida 30 ish kunini taqdim etish kerak (har bir ta’tildan 15 kundan), qolgan 18 ish kunini pul bilan kompensatsiya qilish mumkin (48-30=18).

MKning 137–138-m.m. nazarda tutilgan qoʻshimcha ta’tillarni faqat asli holida berish lozim,  ularni pullik kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi .


Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text178644_hodim_bir_necha_yildan_buen_mehnat_tatiliga_chiqmagan