Xodim jinoiy jazolanadigan qilmishni sodir etganlikda ayblanmoqda

preview

Xodim tergov ostida boʻlsa, ish beruvchi qanday yoʻl tutishi kerakligi haqida «Norma» eksperti, advokat Eleonora MAZUROVA tushuntirish berdi:

 

– «Korxona rahbariyati xodimlardan biri jinoiy javobgarlikka tortilayotgani va unga nisbatan dastlabki tergov olib borilayotganidan xabar topdi. Tashkilotga rasmiy hujjatlar kelib tushmadi, xodim esa ishlashda davom etmoqda. Bu holda ish beruvchi uchun hech nima oʻzgarmaydi, demak, qandaydir chora koʻrishga zarurat yoʻq. Tergov nima bilan yakunlanishini xotirjam kutish mumkin.

Boshqa variant – korxona xodimi ishga chiqmadi, qanchadir vaqt oʻtgach u huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari tomonidan qoʻlga olingani ma’lum boʻldi. Yoxud – xodim xorijda, masalan, ta’tilda boʻlgan vaqtda qoʻlga olindi. Ushbu variantlarning istalgani ish beruvchida savol uygʻotadi. Qanday harakat qilish kerak? Uni progul uchun ishdan boʻshatish mumkinmi yoki tergov yakunlanishini kutish zarurmi? Unga ish haqi hisoblayverish kerakmi?

Koʻpincha rahbar xodimning ishda boʻlmagan vaqtini progul deb qabul qilib, «progul qiluvchiga» nisbatan intizomiy jazo chorasini (tanbeh, hayfsan, ishdan boʻshatish) qoʻllaydi. Bu mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida ishga kelmaslikning uzrli va uzrsiz sabablari aniq ta’riflanmagani bilan bogʻliq. Xodim qoʻlga (hibsga) olinganda  ham ish beruvchi buni uzrli sabab deb qabul qilish borasida ikkilanib qoladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olingan xodimga nisbatan progul uchun intizomiy jazo chorasini qoʻllash mumkinmi?

 

Xodimingiz qoʻlga olinganidan xabar topgan boʻlsangiz  

Avvalo, unga nisbatan qanday ehtiyot chorasi  tanlanganini aniqlang. U quyidagi choralardan biri boʻlishi mumkin:

  • munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat ;
  • shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi ;
  • garov ;
  • uy qamogʻi ;
  • qamoqqa olish .

Dastlabki uchta ehtiyot chorasi ishni davom ettirishga toʻsqinlik qilmaydi. Xodim qoʻlga olingan yoki qamoqqa olingan boʻlsa, u istaganda ham qanchadir vaqt ishga chiqa olmaydi. Biroq bunda hibsga olish yoki erkin harakatlanishni cheklovchi boshqa ehtiyot choralarini xodim ish joyida boʻlmasligining uzrsiz sabablariga kirita olmaysiz, sababi bu holda hech nima uning xohish-irodasiga bogʻliq emas.

Buning ustiga, xodimingiz konstitutsiyaviy prinsiplardan biri – aybsizlik prezumpsiyasi bilan himoyalangan: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi  .

Har qanday protsessual majburlash chorasi jinoiy jazolanadigan qilmishni sodir etganlik uchun qoʻllanilishiga ham e’tibor bering. Demak, ushbu xatti-harakatlar ular uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini qoʻllashi mumkin boʻlgan nojoʻya xatti-harakat deb hisoblanmaydi.

Shu sababli ish beruvchi ishda yoʻq boʻlgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini yuqorida koʻrsatilgan asoslarga koʻra bekor qilishga haqli emas. Uning aybdorligi isbotlanmasa, ishga qaytishga haqli boʻlishi sababli ham uni ishdan boʻshatmaslik kerak. Bu holda esa majburiy progul uchun davlat haq toʻlaydi. Uni ishdan boʻshatsangiz, ishga tiklaganda aynan siz majburiy progul vaqti uchun ish haqi toʻlaysiz, ma’naviy zararni va xodimingiz da’vo qiladigan boshqa summalarni ham qoplashingizga toʻgʻri keladi.

 

Ish haqi hisoblanadimi

Ishga kelmagan xodimga amalda ishlamayotgani bois ish haqi hisoblash kerak emas.

Ish haqi – mehnat shartnomasida qayd etilgan ishni bajarganlik uchun toʻlangan haq . Ish beruvchi xodimga faqat bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq toʻlashi shart . Hibsga olingan xodim oʻz burchlarini bajara olmasligi bois unga ish haqi hisoblash uchun asos yoʻq.

 

Xodim jazoga hukm qilinsa

Haqiqatda ishlangan soʻnggi kun emas, balki sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kun ayblov hukmi chiqarilgani munosabati bilan ishdan boʻshatish kuni hisoblanadi.

Xodim jazoga hukm qilingani darhol ma’lum boʻlmasligi bois ishdan boʻshatish haqidagi buyruqni faqat ishonchli axborot, masalan, - hukm nusxasini olgach tuzing. Buyruq chiqarilgan sana xodimning ishlashiga toʻsqinlik qiluvchi jazoga hukm qilinganligini tasdiqlovchi hujjat olingan sana boʻladi.

Sud hukmiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilayotganda xodim bilan toʻliq hisoblashing: xodim korxonada ishlagan soʻnggi ish kunigacha ish haqi va foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya toʻlang.

 

Sudlanganlik ishga kirishni rad etish uchun sabab boʻla olmaydi

Siz ish beruvchi sifatida nomzodning sudlanganligi ishga qabul qilishni rad etish uchun asos boʻlmasligini bilishingiz kerak. Boz ustiga, - bunday rad javobi berish qonun va inson huquqlarini buzish hisoblanadi.

Mehnat kodeksida ishga qabul qilishni rad etish gʻayriqonuniy boʻlgan hollar roʻyxati keltirilgan . Kishi muqaddam sudlanganligi yoki yaqin qarindoshlari jazoga hukm qilinganligi va sudlanganlik holati tugallanmaganligi sababligina uni ishga qabul qilmaslikka haqli emassiz .

Biroq ayrim vaziyatlarda sudlangan nomzodlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlari bilan bevosita taqiqlanadi. Bu holda rad javobi berishga haqli boʻlasiz. Masalan, qasddan sodir etgan jinoyati uchun muqaddam jazoga hukm qilingan kishini, sud tomonidan sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan boʻlsa, bosh buxgalter lavozimiga qabul qila olmaysiz. 

«Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunda buxgalteriya hisobi xizmatining rahbariga talablar belgilangan. Unda aytilishicha, belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz  yoki muomala layoqati cheklangan  deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan  yoki sudlanganligi olib tashlanmagan  shaxs bosh buxgalter boʻlishi mumkin emas .

 

Xodim jinoiy javobgarlikka tortilganda kadrlar ishini yuritishning oʻziga xos xususiyatlari va tartibi haqida batafsil quyidagi tavsiyada soʻz yuritilgan: «Xodim jinoiy javobgarlikka tortilganda ish beruvchi qanday yoʻl tutishi lozim».


 

Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text178920_hodim_jinoiy_jazolanadigan_qilmishni_sodir_etganlikda_ayblanmoqda