Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya

preview

Xodim korxonada 20 yil ishlagan. Soʻnggi 5 yilda unga mehnat ta’tili berilmagan. Endi u oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshayapti. Korxona yuristi faqat 3 yillik foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiya toʻlash kerakligini aytmoqda, sababi qolgan yillar boʻyicha da’vo muddati oʻtgan. Shunday qilish toʻgʻrimi? 

 

 

– Yoʻq, yurist nohaq. Ish beruvchi bu masalada da’vo muddatiga amal qilishi taqiqlanadi.

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi. Bu MK 151-m. belgilangan.

Xodim ishdan boʻshayotganda muddatni cheklamagan holda ishlagan butun vaqtida foydalanilmagan barcha mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya toʻlashga majbursiz.

Bundan tashqari, MK 275-m. 2-qismida nazarda tutilishicha, ish haqini undirish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, mehnat nizolarini koʻruvchi organ xodimning foydalanilmagan ta’til uchun unga tegishli boʻlgan kompensatsiyani toʻlash toʻgʻrisidagi pullik talablarini toʻliq qondiradi.

 

Da’vo muddati – xodim uchun 

Da’vo muddati – shaxs poymol etilgan huquqini sud tartibida himoyalay oladigan muddat. Umumiy da’vo muddati 3 yilni tashkil etadi. Biroq ayrim turdagi talablar uchun maxsus – qisqartirilgan yoki uzoqroq da’vo muddatlari belgilangan.

Xususan, MK 270-m. sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilangan:

  • ishga tiklash nizolari boʻyicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab 1 oy;
  • xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni toʻlash haqidagi nizolar boʻyicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum boʻlgan kundan boshlab 1 yil;
  • boshqa mehnat nizolari boʻyicha — xodim oʻz huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab 3 oy.

Ushbu muddatlar uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, ular sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Koʻrib chiqilayotgan misolda bu muddat xodim ishdan boʻshayotganda foydalanilmagan barcha ta’tillar uchun kompensatsiya toʻlash borasida ish beruvchidan rad javobini olgan kundan boshlanadi.


Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text179155_foydalanilmagan_tatil_uchun_kompensaciyaga_davo