Sud ishdan boʻshatilgan shaхsni ishga qayta tiklaganda avvalgi lavozim boʻlmasa

preview

Noyabr oyida хodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. U ishdan boʻshatishni noqonuniy deb hisobladi va sudga murojaat qildi. Mart oyida sud uni ishga tiklash haqida qaror chiqardi. Biroq, korхonaning shtat jadvalida ushbu хodim ilgari egallagan lavozim endi yoʻq. Ish beruvchi qanday yoʻl tutishi kerak?

 

- Xodim egallab turgan lavozim (shtat birligi)ni tegishli buyruq chiqarish yoʻli bilan shtat jadvaliga qayta kiritishga toʻgʻri keladi. Negaki sud qarori bilan хodim avvalgi ishiga tiklangan. Shuning uchun ish beruvchi хodimga avvalgi lavozimni va oldingi mehnat majburiyatlarini  bajarish imkoniyatini taqdim qilishi shart.

Xodim ishga tiklangandan keyin ushbu shtat birligiga ehtiyoj boʻlmasa, uni qisqartirish mumkin, ammo butun jarayonni qaytadan amalga oshirish kerak boʻladi. Ya’ni,  ish beruvchi shtat qisqarishi sababli хodimni ishdan boʻshatmoqchi boʻlsa, qonunda nazarda tutilgan barcha harakatlarni bajarishi kerak boʻladi, jumladan хodimni boʻlajak ishdan boʻshatish toʻgʻrisida kamida 2 oy oldin ogohlantirishi  boshqa ishni taklif qilishi  va boshqalar.

 

Sud  qaroriga asosan хodimni ishga qayta tiklashni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish kerakligi haqida batafsil bu yerda bayon qilganmiz:


Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text179691_sud_ishdan_bushatilgan_shahsni_ishga_qayta_tiklaganda_avvalgi_lavozim_bulmasa