Sud ishdan boʻshatilgan xodimni ishga qayta tiklasa

preview

Sobiq xodim ishdan boʻshatishni noqonuniy deb hisoblab, uni avvalgi ishiga qaytarish uchun sudga murojaat qildi. Sud da’voni qanoatlantirdi. Bu vaziyatda ish beruvchi nima qilishi kerakligini "Norma" eksperti, huquqshunos Lenara Hikmatova tushuntiradi:

 

Qaror kuchga kirmagan boʻlsa, uni ijro etish kerakmi?

– "Odatda, sud xodim foydasiga qaror chiqargandan soʻng koʻpchilik ish beruvchilar bundan keyin nima qilishni bilmaydi. Koʻpincha ular sud qarori hali kuchga kirmaganligi sababli uni bajarish shart emas deb hisoblab, qarorni ijro etishmaydi. Bu notoʻgʻri.

Albatta, agar ish beruvchi birinchi instansiya sudining qaroridan norozi boʻlsa, hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida apellyatsiya shikoyati (protesti) berishi mumkin . Umumiy qoidalarga koʻra  sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori ishni apellyatsiya instansiyasi sudi koʻrib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi . Ammo, bu qoidadan istisnolar mavjud.

Sudning ayrim qarorlari darhol ijro etilishi lozim FPK 266-m. Ular orasida mehnat shartnomasi noqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni ishga qayta tiklash toʻgʻrisidagi qaror ham bor. Bunda, agar ish beruvchi bunday qarorning bajarilishini kechiktirsa, sud uni ijro kechiktirilgan barcha vaqt uchun xodimga oʻrtacha ish haqi toʻlashga majbur qiladi .

Shu tariqa, agar sud xodimni avvalgi ishiga tiklagan boʻlsa, tashkilot ushbu qarorni quyidagilardan qat’iy nazar darhol bajarishi shart:

  • ish beruvchi bunga rozi boʻladimi yoki yoʻqmi;
  • kuchga kirdimi yoki yoʻqmi;
  • shikoyat qilinadimi-yoʻqmi.

Qaror bor va u ijro etilishi kerak.

 

Qarorda ijro etish muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, uni darhol ijro etish kerakmi?

FPKning 255-moddasiga koʻra,   sud hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topgan hollarda, bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi. Ammo, ba’zida sud buni qilmaydi. Biroq, har qanday holatda ish beruvchi sudning ishdan boʻshatilgan xodimni darhol tiklash toʻgʻrisidagi qaroriga rioya qilishi shart, chunki bu toʻgʻridan-toʻgʻri normativ-huquqiy hujjat bilan belgilangan.

 

"Darhol" soʻzini qanday tushunish kerak?

Ish beruvchi qaror e’lon qilingan kuni xodimni ishga qayta tiklashi shartmi? Agar u 17.00da e’lon qilingan boʻlsa-chi? Qonun bu savolga javob bermaydi. Ammo, amaliyotga koʻra xodim sud qarori qabul qilingan kunning ertasiga ish vazifalarini bajarishga kirishadi va ish beruvchi uning ishlashiga ruxsat berishga majbur. Ya’ni, sud qarori qabul qilinganidan keyingi kundan kechiktirmay ish beruvchi xodimni ish joyida qayta tiklash  va u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.

 

Agar qaror tomonlar qoʻliga berilmagan boʻlsa, uni darhol bajarish kerakmi?
 

Qoida tariqasida, sud qarori e’lon qilingan kuni tomonlarga berilmaydi. Bu odatda qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 kundan keyin, ba’zan esa keyinroq sodir boʻladi.

Agar qaror e’lon qilishda ish beruvchining vakili ishtirok etgan boʻlsa, javob bitta – xodimni sud qarorini olmasdan ishga tiklash  kerak (chunki ish beruvchining vakili buni eshitgan).

Agar qaror ish beruvchi vakilining ishtirokisiz e’lon qilinsa (masalan, sirtdan boʻlganda), ish beruvchi faqat xodimning uni qayta tiklash toʻgʻrisidagi ogʻzaki bayonotiga asoslanishi mumkin emas. Bunday vaziyatda xodimdan qarorni taqdim etishni talab qilish yoki tegishli suddan olish kerak".

E’tibor bering

Agar javobgar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan taqdirda ham sud majlisiga kelmasa, buning uzrli sabablaridan  xabardor qilmagan va uning yoʻqligida ishni koʻrib chiqishni soʻramagan boʻlsa, da’vogar e’tiroz bildirmasa, ish sirtdan koʻrib chiqilishi mumkin .Sirtdan qabul qilingan

hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi sud majlisiga kelmagan tarafga ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay tilxat olib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi .

Oʻzbekistonda kadrlar boʻyicha xodim uchun sud amaliyoti-tashkilotdagi mehnat nizolari, xodimlarni hisobga olishni boshqarish boʻyicha sud jarayoni mehnat nizolari boʻyicha sud amaliyoti, mehnat nizolarini sud orqali hal qilish Mehnat nizolarida sud amaliyoti. Sudda qanday mehnat nizolari koʻrib chiqiladi. Bu yerda siz sudda hal qilinayotgan kadrlar masalalari haqida ma’lumot topishingiz mumkin. Sudlar va xodimlarning yozuvlarini boshqarish haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text179702_sud_ishdan_bushatilgan_hodimni_ishga_qayta_tikladi_nima_qilish_kerak