Homilador ayol yengil ishdan bosh tortsa

preview

"Xodim homiladorlikdan avval tez-tez xizmat safarlariga borgan. Endi esa  homilador boʻla turib avvalgi ish rejimida ishlash istagini bildirib, ariza yozdi. Ish beruvchi bu holatda oqibatlari uchun javobgar boʻladimi?".

 

- Yoʻq, boʻlmaydi. Bir tomondan, homilador ayollarni va oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu bilan birga homilador ayollarni va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi .

Ammo, xodim homiladorlik paytida avvalgi rejimda ishlashga, shu jumladan xizmat safarlariga borishga tayyorligini yozma ravishda tasdiqlaganligi sababli, qonunchilik uni bunday ishlarga jalb qilishni taqiqlamaydi. Buning uchun ish beruvchi javobgar boʻlmaydi.

Unga qoʻshimcha tushuntirishingizni, shuningdek xodimlar, ayniqsa homilador ayollar oʻrtasida mehnatni muhofaza qilish va sogʻliqni saqlash boʻyicha muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borishingizni tavsiya qilamiz. Ayol oʻz xatarlarini mustaqil ravishda hisobga olishi va mehnat kodeksining 228-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar uning salomatligi va tugʻilmagan bolani himoya qilishga qaratilganligini bilishi kerak.

 

Hamma narsa xodimning xohishiga bogʻliq emas

E’tibor bering
Homiladorlikning 30-haftasida ayollarga mehnatga vaqtincha layoqatsizlik varaqasi asosida beriladigan tugʻruq ta’tilining boshlanish muddatini oʻtkazib yubormang.

Ayollarga tugʻruqqacha va tugʻruqdan keyingi davrda ta’til kafolatlanadi . Uni rad etish mumkin emas, ushbu kafolat xodimning belgilangan muddat davomida ishlashni davom ettirish istagiga bogʻliq emas. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asoslanib, xodim yuqorida aytib oʻtilgan davrdan boshlab mehnatga layoqatsiz deb tan olinadi va uni ishga jalb qilish mumkin emas. 

 

Agar xodim "dekret"dan qochsa yoki ish beruvchiga homiladorlik haqida umuman xabar bermasa

Ba’zan, turli sabablarga koʻra (koʻpincha moddiy xarakterga ega) ayollar tugʻruq ta’tilidan foydalanishni xohlamaydilar va ish beruvchidan unga boʻlgan huquqni yashirishadi.

Ish beruvchi tibbiy muassasadan xodimning homiladorlik muddati toʻgʻrisida ma’lumotni talab qilish va unga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilganligini tasdiqlash huquqiga ega.

Korxonaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, xodimning arizasiga binoan unga moddiy yordam koʻrsating. Soliq kodeksining 378-moddasida imtiyoz koʻzda tutilgan boʻlib, unga koʻra moddiy yordamning ayrim turlari (shu jumladan, bola tugʻilganligi uchun toʻlovlar) MHTEKning 4,22 baravarigacha miqdorda soliqqa tortilmaydi.

Agar xodim aniq homilador boʻlsa, lekin oʻz holati toʻgʻrisida xabar bermagan va kadrlar boʻlimiga ma’lumotnomalar olib kelmagan boʻlsa, Mehnat kodeksining 228-moddasi talablariga rioya qiling va tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻying.

Tibbiy xulosani xodimni oʻzi taqdim etishi yoki homiladorlik paytida u kuzatiladigan tibbiy muassasadan soʻrash mumkin.

 

Valeriya LYaNDRES

«Norma» eksperti

Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik: mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar va jihatlar. mehnatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maqolalar, mehnatni muhofaza qilish amaliyoti, mehnatni muhofaza qilish standartlari, Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik. Kadrovik.uz Oʻzbekistonda amaldagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, normalar va amaliyotlar haqida umumiy ma’lumot beradi. Xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar uchun maqolalar ishchilarning xavfsizligi va sogʻligʻini ta’minlash boʻyicha samarali ishlashga yordam beradi /oz/publish/doc/text179964_homilador_ael_engil_ishdan_bosh_tortsa