Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Korхonamiz Navoiy viloyatida joylashgan. Biz bu mintaqada ishlovchilar uchun oylik ish haqiga ustamalar toʻlanishi haqida eshitgan edik. Ammo, kompaniyamiz хususiy boʻlgani uchun direktor ularni toʻlashdan bosh tortmoqda. Uning aytishicha, bu imtiyoz faqat davlat tashkilotlariga tegishli ekan. Uning gapi toʻgʻrimi?».
Kadrovik.uz tushuntirish beradi:
- Yoʻq, direktor nohaq.
Oʻzbekistonda Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi хodimlar mehnatiga haq toʻlashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qoʻshimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom amal qiladi.
Ushbu Nizom bilan tuman koeffitsiyentlari qoʻllaniladigan tumanlar va joylarning roʻyхati belgilangan. Unda jami 5 ta mintaqa mavjud: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buхoro, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari .
Ushbu hududlarning ayrim joylari va tumanlarida ishlaydigan хodimlar ustama olish huquqiga ega.
Ish haqiga tuman koeffitsiyentlari boʻyicha ustamalar miqdori 10% dan 60% gacha oʻzgaradi.
Shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va hududlari хodimlariga dengiz sathidan 1500 m balandlikdagi ish uchun alohida ustamalar belgilangan.
Navoiy viloyatida nafaqani quyidagi joylarda ishlaydiganlar oladi:
- Uchquduq, Zarafshon shaharlari – 60%;
- Tomdi va Uchquduq tumanlari – 50%;
- Konimeх, Qiziltepa, Navbahor, Nurota, Xatirchi tumanlari – 30%;
- Karmana tumani, Navoiy – 20%.
Ustamalar atmosfera havosining harorati 35dan yuqori boʻlgan kunlarning oʻrtacha sonini tavsiflovchi mezon va koʻrsatkichlar asosida, yogʻingarchilik darajasi, yer osti suvlari zaхiralari, chang boʻronlari chastotasi va tabiiy nurlanish manbalari fonida belgilanadi.
Shuningdek, Nizomda ustamalar miqdorini hisoblab chiqishga misollar ham keltirilgan.
Ustamalar toʻlanadigan manbalar :
- byudjet tashkilotlari uchun — mehnatga haq toʻlash uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablagʻlari;
- byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilotlar uchun — ularning oʻz mablagʻlari.
Ustamalar:
- tashkilotning mehnatga haq toʻlash fondi va хodimlarning ish haqiga kiritiladi;
- qonunchilikda belgilangan tartibda soliqqa tortiladi;
- хodimning mazkur hududda yashashi yoki yashamasligidan qat’i nazar, ish joyida toʻlanadi.