Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Jamoa shartnomasi tashkilot kasaba uyushmasiga a’zo boʻlmagan xodimlarga nisbatan tatbiq qilinadimi? Jamoa shartnomasi filialda tuziladimi? Agar yuridik shaxsning nomi oʻzgargan boʻlsa, uni qayta tuzish kerakmi?
Kadrovik.uz tushuntiradi:
1. Agar tashkilotda xodimlar soni kam boʻlsa, u jamoa shartnomasini tuzishga majburmi? Uning yoʻqligi uchun javobgarlik nazarda tutilganmi?
- Qonun ish beruvchini ham, xodimlarni ham jamoa shartnomasini tuzishga majbur qilmaydi. Tashkilotdagi xodimlar soni, uning faoliyat turi, tashkiliy-huquqiy shakli hech qanday ahamiyatga ega emas. Mehnat kodeksining 31-moddasi, agar xodimlar yoki ish beruvchi unga qiziqish bildirsa va boshqa tomonga yoʻllangan bunday tashabbus bilan chiqsa, jamoa shartnomasini tuzish imkoniyatini nazarda tutadi.
Jamoa shartnomasi yoʻqligi uchun hech kim tashkilot va uning rahbariyatini javobgarlikka torta olmaydi. Ammo, agar xodimlar ma’muriyatga shartnoma tuzish uchun yozma taklif yoʻllagan boʻlsa, ish beruvchi muzokaralarda ishtirok etishi shart
. Ushbu majburiyatdan boʻyin tovlaganlik uchun Davlat mehnat inspeksiyasi tashkilot rahbariga BHMning 5-10 baravari miqdorida ma’muriy jarima solishi mumkin
.
Uni tuzish tartibi haqida batafsil bu yerda oʻqing:
2. Xodimlardan qay biriga nisbatan jamoa shartnomasi tatbiq qilinmaydi?
- Bunday istisnolar yoʻq. Jamoa shartnomasining qoidalari kasaba uyushma a’zoligidan, ish rejimi va boshqa shart va sharoitlardan qat’i nazar, barcha xodimlarga nisbatan tatbiq qilinadi. Shu jumladan, oʻrindoshlar, uyda ishlovchilar, muddatli mehnat shartnomasini tuzgan xodimlar va boshqalar. Jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi
. Ish beruvchi har bir yangi xodimni tashkilotning amaldagi mahalliy hujjatlari, shu jumladan jamoa shartnomasi bilan tanishtirishi shart. Shu tariqa jamoa shartnomasi xodimga nisbatan ishga qabul qilish vaqtida tatbiq qilinadi.
3. Jamoa shartnomasi tashkilot filialida tuzilishi mumkinmi?
- Mehnat kodeksining 35-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi korxonada, uning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy boʻlinmalarida (filiallar, vakolatxonalarda) tuziladi.
FK 47-moddasiga koʻra, filial yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmasidir. MK 15- moddasiga binoan esa filiallar yana ish beruvchi boʻlish huquqiga ham ega.
Jamoa shartnomasini alohida tarkibiy boʻlinmada tuzish zarurati paydo boʻlishi mumkin, qachonki:
- u yuridik shaxs joylashgan joydan tashqarida boʻlsa;
- mehnatni tashkil etishda oʻziga xos xususiyatlar boʻlsa;
- filial oʻziga xos iqlim, maishiy sharoit va hokazolarda ishlasa.
Alohida tarkibiy boʻlinmada tuzilgan jamoa shartnomasi ushbu tarkibiy boʻlinmaning barcha xodimlariga nisbatan tatbiq qilinadi.
4. Yuridik shaxsning nomi oʻzgartirilganda jamoa shartnomasi amal qiladimi?
– Korxona nomi oʻzgargan, korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham jamoa shartnomasi oʻz kuchini saqlab qoladi
.
5. Jamoa shartnomasini (kelishuvni) haqiqiy emas deb tan olish mumkinmi?
- Yoʻq, mumkin emas. Mehnat qonunchiligida jamoa shartnomasi (bitim)ning bekorligi (haqiqiy emasligi) tushunchasi mavjud emas. Bundan tashqari unda jamoa shartnomasini bekor qilish tartibi belgilanmagan.
Agar jamoa shartnomasida xodimlarning huquq va kafolatlarini mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan qoidalar mavjud boʻlsa, ular haqiqiy emas deb tan olinadi va qoʻllanilishi mumkin emas
.