Oktyabr oyida har bir xodim uchun foydali boʻladi:
«Xodim chet elda oʻtkazgan ta’til vaqtida kasal boʻlib qoldi. U yerdagi klinikalardan birida davolandi. Qaytib kelgach, xorijiy klinikaning chet tilida yozilgan tibbiy ma’lumotnomasini taqdim etib, ta’tilni uzaytirish va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlashni talab qildi. Ish beruvchi bunday ma’lumotnoma asosida nafaqa toʻlashi shartmi?».
Bunday vaziyatda xodim va ish beruvchi nima qilishi kerakligini «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA tushuntiradi:
- Yoʻq, ish beruvchi ta’tilni uzaytirishi va chet elda berilgan tibbiy ma’lumotnoma asosida nafaqa toʻlashi shart emas.
Xodim chet elda vaqtincha boʻlgan vaqtda kasallangan va unda bu haqida hujjat boʻlsa, u bu hujjatni davlat yoki rus tilida notarial tasdiqlashi kerak.
Shundan soʻng xodim notarial tasdiqlangan tarjimani yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasiga taqdim etishi lozim.
Komissiya mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni koʻrib chiqadi va mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtiradi
. Uning asosida ish beruvchi xodimga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlaydi. Bundan tashqari, ushbu "kasallik varaqasi" ta’tilni tegishli kunlarga uzaytirish yoki ta’tilning bir qismini boshqa davrga koʻchirish uchun asos boʻladi
.
Xodim chet el xizmat safari davomida kasallangan va davolangan boʻlsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi.