Xodim vaqtincha oʻtkazilgan ishidan notoʻgʻri boʻshatilsa

preview

Ishlab chiqarish zaruriyati (ishchi kuchi yetishmasligi) tufayli ish beruvchi xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazdi. Biroz vaqt oʻtgach, xodim bu ishni uncha uddalay olmayotgani aniq boʻldi. Shunda ish beruvchi uni bajarayotgan ishga nomuvofiqligi sababli ishdan boʻshatdi.

Bu yerda nima notoʻgʻri va xatoni qanday tuzatish kerak?

 

Ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi sababli bekor qilishi mumkin . Biroq, agar xodim u bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga koʻra, aynan bajarishi shart boʻlgan ishni uddalay olmayotgan boʻlsagina, bunga yoʻl qoʻyiladi  .

Xodim vaqtincha oʻtkazilgan ish u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida koʻrsatilmagan. Shuning uchun ishdan boʻshatish qonunga xilof.

Bundan tashqari, xodimning noloyiqligi aniq faktlar: tekshiruv aktlari, bevosita rahbarlik qiluvchisining bildirish xati, hisobotlar, attestatsiya hujjatlari, ishning past sifatliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (yaroqsiz mahsulot chiqarayotgani, ish hajmini hamda ishlab chiqarish normasini bajarmayotganligi) bilan tasdiqlanishi lozim.

Agar bular boʻlmasa, Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 2-bandiga binoan ishdan boʻshatish mumkin emas.

 

Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar

Ish beruvchi mehnat shartnomalarini bekor qilishga yoʻl qoʻyiladigan asoslarni qoʻllash shartlarini buzgan. Mas’ul mansabdor shaxslar Ma’muriy kodeksning 49-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Koʻrsatilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikdan tashqari, jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan. Jinoyat kodeksining 148-modda 1-qismiga koʻra, gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha rahbarlik lavozimini egallash huquqidan mahrum qilish  yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Koʻrib chiqilayotgan holatda xodim sudga murojaat qilishi mumkin. Xodim bilan mehnat shartnomasi noqonuniy ravishda bekor qilinganligini aniqlab, sud xodimni ish joyida tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Ishga tiklanganda ish beruvchi xodimga quyidagi zararlarni qoplashi shart:

  • majburiy progul vaqti uchun haq toʻlash;
  • mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga oʻtkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun kompensatsiya toʻlash;
  • ma’naviy zarar uchun kompensatsiya toʻlash, uning miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas .

 

Qanday tuzatish kerak

Ish beruvchi koʻrsatilgan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qilishi, uni avvalgi ish joyida avvalgi lavozimiga tiklashi kerak.

 

Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni tuzatish tartibi Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni tuzatish tartibi Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni tuzatish tartibi /oz/publish/doc/text182444_hodim_vaqtincha_utkazilgan_ishidan_notugri_bushatilsa