Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Xodim oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshayapti. Ta’tilni, "kasallik varaqalari" va boshqalarni hisobga olgan holda ishdan boʻshatayotganda barcha hisob-kitoblarni qanday qilib toʻgʻri amalga oshirish kerak? Undan neustoyka ushlab qolish mumkinmi?
Savollarga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Deylik, bizda quyidagi dastlabki ma’lumotlar bor:
xodim korxonada 2020 yil 1 yanvardan buyon ishlaydi. Joriy ish davri 2022 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha;
- u 2022 yil 3 fevraldan 2 martgacha mehnat ta’tilidan (24 ish kuni) foydalandi;
- 2022 yil 3 martdan 2 iyungacha 3 oy muddatga ish haqi saqlanmaydigan ta’til rasmiylashtirdi;
- 3 iyundan 20 iyungacha – vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etdi;
- 21 iyun kuni ishga chiqdi va 2022 yil 4 iyuldan oʻz xohishiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ariza yozdi.
Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan
bu vaziyatda xodimga quyidagilar hisoblanadi va toʻlanadi:
1) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi – 2022 yil 3 iyundan 20 iyungacha;
2) ishdan boʻshatish kunidagi ish haqi – 2022 yil 4 iyulgacha.
Foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiya toʻlanmaydi, chunki xodim ish davri oxirigacha ishlab bermay, "boʻnak" tarzida mehnat ta’tilidan foydalangan. Shuning uchun bu vaziyatda ish haqidan
ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun ortiqcha toʻlovni ushlab qoling:
1) 2 haftadan ortiq ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda boʻlish davri uchun
– 2022 yil 16 martdan 2 iyungacha – 6 ish kuni uchun (har bir toʻliq oy uchun 2 ish kuni hisobidan. Bunday holda 2 oy va 18 kun 3 oygacha yaxlitlanadi).
Jami:
24 kun ta’til : 12 oy x 3 oy ta’til = 6 kun;
2) mehnat ta’tili berilgan va toʻlangan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davr uchun (2022 yil 5 iyuldan 31 dekabrgacha) – 12 ish kuni uchun (har bir toʻliq oy uchun 2 ish kuni hisobidan. Bu vaziyatda 5 oy va 27 kun 6 oygacha yaxlitlanadi).
Jami:
24 kun ta’til: 12 oy x ishdan boʻshatilgandan keyin 6 oy = 12 kun
Hammasi boʻlib buxgalteriya boʻlimi foydalanilgan, ammo ishlab berilmagan ta’tilning 18 ish kuni (6 + 12) uchun "ta’til puli"ni ushlab qoladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish buyrugʻida xodimning ish haqidan ushlab qolish zaruratini koʻrsating.
Hisob-kitobning osonroq varianti:
1) xodimning ish stajiga kiritiladigan ishdan boʻshatish sanasigacha boʻlgan ish davri uchun haqiqiy vaqtni hisoblang:
- u haqiqatda mehnat ta’tilini hisobga olgan holda 1 yanvardan 2 martgacha – 2 toʻliq oy ishlagan, buning uchun u ta’til olish huquqiga ega (4 ish kuni):
- kasallik vaqti va kasallikdan keyingi ish vaqti – 3 iyundan 4 iyulgacha – 1 toʻliq oy. Ular uchun u ta’tilga haqli – 2 ish kuni:
24 kun ta’til: 12 oy x 2 oy ish = 4 kun;
24 kun ta’til: 12 oy x 1 oy = 2 kun;
2) foydalanilgan 24 ta’til kunidan xodim ishdan boʻshatish sanasigacha haqli boʻlgan 6 ish kunini (2 + 4) chiqarib tashlang, shunda “ta’til puli” ushlab qolinishi kerak boʻlgan 18 ish kuni kelib chiqadi.
Neustoykaga kelsak…
Muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda va mehnat shartnomasida taraflarning neustoyka toʻlashi haqidagi oʻzaro majburiyatlari nazarda tutilgan taqdirda neustoyka toʻlanadi
.
Bu haqda batafsil bu yerda yozganmiz:
Ishdan boʻshayotgan xodim bilan hisob-kitob qilish tartibi
Xodim oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshayapti. Ta’tilni, "kasallik varaqalari" va boshqalarni hisobga olgan holda ishdan boʻshatayotganda barcha hisob-kitoblarni qanday qilib toʻgʻri amalga oshirish kerak? Undan neustoyka ushlab qolish mumkinmi?
Savollarga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Deylik, bizda quyidagi dastlabki ma’lumotlar bor:
· xodim korxonada 2020 yil 1 yanvardan buyon ishlaydi. Joriy ish davri 2022 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha;
• u 2022 yil 3 fevraldan 2 martgacha mehnat ta’tilidan (24 ish kuni) foydalandi;
• 2022 yil 3 martdan 2 iyungacha 3 oy muddatga ish haqi saqlanmaydigan ta’til rasmiylashtirdi;
• 3 iyundan 20 iyungacha – vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etdi;
• 21 iyun kuni ishga chiqdi va 2022 yil 4 iyuldan oʻz xohishiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ariza yozdi.
Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan (MK 99-m.) bu vaziyatda xodimga quyidagilar hisoblanadi va toʻlanadi:
1) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi – 2022 yil 3 iyundan 20 iyungacha;
2) ishdan boʻshatish kunidagi ish haqi – 2022 yil 4 iyulgacha.
Foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiya toʻlanmaydi, chunki xodim ish davri oxirigacha ishlab bermay, "boʻnak" tarzida mehnat ta’tilidan foydalangan. Shuning uchun bu vaziyatda ish haqidan (MK 164-m. 4-b.) ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun ortiqcha toʻlovni ushlab qoling:
1) 2 haftadan ortiq ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda boʻlish davri uchun (MK 142-m.) – 2022 yil 16 martdan 2 iyungacha – 6 ish kuni uchun (har bir toʻliq oy uchun 2 ish kuni hisobidan. Bunday holda 2 oy va 18 kun 3 oygacha yaxlitlanadi).
Jami:
24 kun ta’til : 12 oy x 3 oy ta’til = 6 kun;
2) mehnat ta’tili berilgan va toʻlangan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davr uchun (2022 yil 5 iyuldan 31 dekabrgacha) – 12 ish kuni uchun (har bir toʻliq oy uchun 2 ish kuni hisobidan. Bu vaziyatda 5 oy va 27 kun 6 oygacha yaxlitlanadi).
Jami:
24 kun ta’til: 12 oy x ishdan boʻshatilgandan keyin 6 oy = 12 kun
Hammasi boʻlib buxgalteriya boʻlimi foydalanilgan, ammo ishlab berilmagan ta’tilning 18 ish kuni (6 + 12) uchun "ta’til puli"ni ushlab qoladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish buyrugʻida xodimning ish haqidan ushlab qolish zaruratini koʻrsating.
Hisob-kitobning anchayin oson varianti:
1) xodimning ish stajiga kiritiladigan ishdan boʻshatish sanasigacha boʻlgan ish davri uchun haqiqiy vaqtni hisoblang:
· u haqiqatda mehnat ta’tilini hisobga olgan holda 1 yanvardan 2 martgacha – 2 toʻliq oy ishlagan, buning uchun u ta’til olish huquqiga ega (4 ish kuni):
24 kun ta’til: 12 oy x 2 oy ish = 4 kun;
· kasallik vaqti va kasallikdan keyingi ish vaqti – 3 iyundan 4 iyulgacha – 1 toʻliq oy. Ular uchun u ta’tilga haqli – 2 ish kuni:
24 kun ta’til: 12 oy x 1 oy = 2 kun;
2) foydalanilgan 24 ta’til kunidan xodim ishdan boʻshatish sanasigacha haqli boʻlgan 6 ish kunini (2 + 4) chiqarib tashlang, shunda “ta’til puli” ushlab qolinishi kerak boʻlgan 18 ish kuni kelib chiqadi.
E’tibor bering!
Xodimlarga “boʻnak” tariqasida ta’til taqdim qilganda, ish muddati tugagunga qadar mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda ulardan ortiqcha toʻlangan ta’til pullari ishlanmagan kunlar uchun ushlab qolinishini tushuntirishni tavsiya qilamiz.
Neustoykaga kelsak…
Muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda va mehnat shartnomasida taraflarning neustoyka toʻlashi haqidagi oʻzaro majburiyatlari nazarda tutilgan taqdirda neustoyka toʻlanadi (MK 104-m.).
Bu haqda batafsil bu yerda yozganmiz:
· Xodim qarshi boʻlsa, neustoyka ushlab qolish mumkinmi
https://kadrovik.uz/publish/doc/text182102_mojno_li_vzyskat_neustoyku_esli_rabotnik_-_protiv