Xodimga ta’til uchun haq u ta’tildan qaytganidan soʻng toʻlansa

preview

Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ish beruvchi xodimga ta’tildan qaytganidan keyingina ta’til uchun haq  toʻladi. Agar xodimning oʻzi rozi boʻlsa, bunga yoʻl qoʻyib boʻladimi?  

– Mehnat kodeksining 148-moddasi 2-qismiga muvofiq, ta’til uchun haq toʻlash belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi. Xodimning bu masalada roziligi muhim emas.

Ammo rahbarning (boshqa mansabdor shaxsning) harakatlari, agar kechiktirilgan toʻlov aynan uning aybi bilan sodir boʻlsa, mehnat qonunchiligini buzish deb hisoblanadi.

Agar hisobvaraqda pul yoʻqligi yoki fors-major vaziyat yuzaga kelgani sababli hisobvaraqdan operatsiyalarni amalga oshirolmaslik yoki mansabdor shaxslar yoxud bank yo davlat idorasi xodimlarining notoʻgʻri harakatlari tufayli yuzaga kelsa, korxonaning esa bunda aybi boʻlmasa, Ma’muriy kodeksning 49-moddasi qoʻllanilmaydi.
 
 

Qanday tuzatish kerak

Afsuski, ish beruvchining aybi bilan sodir etilgan bu xatoni qonuniy yoʻl bilan tuzatish mumkin emas. Xodimning ta’tilga chiqish sanasi, ta’til pulini hisoblash va berish (olish) hujjatlashtiriladi, shu jumladan buxgalteriyada.

Shuningdek, ish beruvchi moliyaviy qiyinchiliklar sabab ta’tilni xodimning roziligisiz oʻz tashabbusi bilan boshqa muddatga koʻchira olmaydi.

Xodimning oʻzi, agar unga ta’lil haqi toʻlanmagan boʻlsa yoki ta’til berish vaqti haqida  ta’til boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin xabardor qilinmagan boʻlsa, Mehnat kodeksining 145-moddasi 4-qismiga muvofiq ta’til vaqtini boshqa vaqtga koʻchirishni talab qilishga haqli, . Buning uchun xodim ariza berishi kerak .

 

Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni tuzatish tartibi Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni tuzatish tartibi Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni tuzatish tartibi /oz/publish/doc/text182561_hodimga_tatil_uchun_haq_u_tatildan_qaytganidan_sung_tulansa