Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Asosiy ish joyida bosh buхgalter lavozimida ishlovchi хodim boshqa tashkilotda oʻrindoshlik asosida direktor sifatida rasmiylashtirilishi mumkinmi? Bosh buхgalter lavozimini oʻrindoshlik, direktor lavozimini esa asosiy ish sifatida qayta rasmiylashtirish kerakmi?»
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Xodim asosiy ish boʻyicha qaysi lavozimda va qaysi birida – oʻrindoshlik asosida rasmiylashtirilganligi muhim emas.
Agar direktorning vazifalari toʻliq yuklama bilan toʻliq ish kuni rejimida ishlashni talab qilsa, direktor lavozimiga rasmiylashtirish munosabati bilan mehnat shartnomasi shartlarini oʻzgartirish mumkin.
Oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas . Ya’ni, kamida 0,5 stavka.
Xodim asosiy ish joyida mehnat vazifalarini bajarishdan ozod boʻlgan kunlarda oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin.
Bu haqda batafsil quyidagi tushuntirishda oʻqing:
Valeriya LYaNDRES
«Norma» ekspert