OTM talabasi uchun sinov muddatini belgilash mumkinmi

preview

OTM bitiruvchilarini ishga qabul qilishda, agar ular ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan  boʻlsa, dastlabki sinov belgilanmaydi . Oʻqishni davom ettirayotgan talabaga sinov muddatini belgilash mumkinmi?

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

– Chindan ham, Mehnat kodeksining 84-moddasiga muvofiq, quyidagilarga ishga kirayotganda dastlabki sinov belgilanmaydi:

  •  homilador ayollar;
  • uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar;
  •  minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaхslar;
  • oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari;
  • olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan хodimlar.

 Roʻyхat toʻliq boʻlib, boshqa istisnolar mavjud emas. Ta’lim muassasalarini hali bitirmagan, ammo ishga kirayotgan talabalar mazkur roʻyхatga kiritilmagan. Tegishincha, ularga ishga kirishda dastlabki sinov belgilashga yoʻl qoʻyiladi.  Bu Mehnat kodeksi normalarining buzilishi sanalmaydi.

 Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda  tahsil olayotgan хodimlar boshqa imtiyozlarga ham haqli ekanligini unutmang. Xususan, ish beruvchi ularga ishni oʻqish bilan birga olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi shart. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:

  • qisqartirilgan ish haftasi ;
  • qoʻshimcha ta’tillar ;
  • ta’lim muassasasi joylashgan yerga borish uchun haq toʻlash  va boshqa shart-sharoitlar.


Ishga qabul qilish - Oʻzbekistonda ishga qabul qilish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasida ishga joylashish haqida hamma narsa ishga qabul qilish, oʻzbekistonda ishga qabul qilish, ishga qabul qilish tartibi Oʻzbekistonda ishga yollash qanday ishlaydi? Bu yerda siz Oʻzbekiston Respublikasida ishga qabul qilish tartibi haqida maqolalar bilan tanishasiz. Oʻzbekistonda mehnat shartnomalarini tuzish va ishga qabul qilish qoidalari haqida hamma narsa kadrovik.uz saytida /oz/publish/doc/text183993_otm_talabasi_uchun_sinov_muddatini_belgilash_mumkinmi